× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Reytingda past natija qayd etgan OTMda taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha rivojlanish dasturi ishlab chiqildi
24.11.2021

photo_2021-11-24_15-37-38.jpg

Xabaringiz bor, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan yaqinda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingi eʼlon qilingan edi.

Reyting natijalariga koʻra soʻnggi oʻntalikdan oʻrin egallagan oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha maxsus uch yillik rivojlanish dasturini ishlab chiqish belgilangan.

photo_2021-11-24_15-37-37 (3).jpg

Xususan, Taʼlim inspeksiyasining oliy taʼlim taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi R.Roʻzmetov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlim boshligʻi I.Qunnazarov tomonidan Nukus davlat pedagogika instituti faoliyati oʻrganildi.

photo_2021-11-24_15-37-37 (2).jpg

Oʻrganish jarayonida institutning ayrim reyting koʻrsatkichlari boʻyicha oʻsish dinamikasi mavjudligi qayd etildi, biroq bu natijalar respublika miqyosida soʻnggi oʻntalikdan chiqishga yetarli emasligi, reyting indikatorlari boʻyicha kafedralar kesimida rejalar ishlab chiqilmaganligi, tizimli ravishda monitoring qilinmaganligi sababli institut yillar davomida reytingda past natija koʻrsatib kelayotgani maʼlum boʻldi.

photo_2021-11-24_15-37-37.jpg

Joriy yilning 23-noyabr kuni Nukus davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan seminar-treningda institutning milliy reytingdagi oʻrnini yaxshilash uchun tizimli ravishli aniq rejalar boʻyicha jamoaning maqsadli ravishda ishlashi kerakligi taʼkidlandi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha “Nukus davlat pedagogika instituti taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha uch yillik rivojlanish dasturi” ishlab chiqildi.