× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi va Finlyandiyaning Milliy taʼlim agentligi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi
24.11.2021

photo_2021-11-24_17-38-26 (2).jpg

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning taʼlim sohasidagi tajribasini joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda bu borada hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish maqsadida ushbu mamlakatda boʻlib turibdi.

Tashrifning uchinchi kunida Taʼlim inspeksiyasi va Finlyandiyaning Milliy taʼlim agentligi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatni Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev va agentlikning oʻzaro hamkorlik va xalqaro aloqalar boʻyicha direktori Samu Seytsalo imzoladi.

photo_2021-11-24_16-10-01.jpg

11 banddan iborat hujjatda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalari koʻzda tutilgan:

sifatli taʼlim va taʼlim amaliyotini ragʻbatlantirish maqsadida taʼlim tizimini rivojlantirish, jumladan, yangi pedagogik usullar, oʻqitish jarayonlari, pedagogik boshqaruv, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, tadqiq etish, baholash va joriy etish;

taʼlim maʼmurlari, shuningdek, maktab direktorlari, oʻqituvchilar va taʼlim texnologiyalari mutaxassislari uchun qoʻshma konferensiyalar va seminarlar oʻtkazishni ragʻbatlantirish orqali taʼlim sohasida hamkorlikni rivojlantirish;

ikki davlat vakillari, pedagog va tadqiqotchilarning tashriflari orqali oʻzaro ilgʻor tajribalarni almashishga koʻmaklashish;

oʻqituvchilar malakasini oshirish sohasida hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish;

oʻquv dasturlari va malakalarini ishlab chiqish;

raqamli oʻquv muhitida axborot va tajriba almashish, raqamli iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan koʻnikma va malakalarni rivojlantirish hamda Toʻrtinchi sanoat inqilobi muammolari boʻyicha davlat va xususiy sektor tajribasini oʻrganish;

maktabgacha taʼlim va tarbiya, asosiy taʼlim, yuqori oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va zarurat tugʻilganda oʻqituvchilar taʼlimi darajasida taʼlim siyosati sohasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

oʻqituvchilar malakasini oshirishni rivojlantirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish sohasida innovatsion pedagogik tajriba almashish va yangi texnologiyalardan foydalanishga koʻmaklashish;

innovatsion loyihalarni ishlab chiqish, oʻqitishda qoʻllaniladigan yangi texnologiyalar va yangi metodikalardan foydalanish va oʻzlashtirish, XXI asr taraqqiyoti bilan bogʻliq taʼlim loyihalari va ijtimoiy-emotsional koʻnikmalar, shuningdek, talabalar, oʻqituvchilar, direktorlar va tadqiqotchilarning birlamchi va virtual umrbod taʼlim olishiga oid maʼlumotlar almashish;

qarorlar qabul qilish va har bir ishtirokchi va ularning subyektlarining taʼlim muassasalarini mustahkamlash uchun strategik maʼlumotlarni olish maqsadida baholash va baholash tizimlarini yaratish va amaliyotga joriy etish;

har bir mamlakatda xorijiy malakalarning tan olinishini rivojlantirish, shuningdek, tan olish tartib-qoidalarini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur maʼlumotlarni almashish.

photo_2021-11-24_17-38-26.jpg

– Tomonlar oʻqituvchilarning harakatchanligini ragʻbatlantirish boʻyicha taʼlim faoliyatini targʻib qiladi. Bu ikkala mamlakatda xalq taʼlimini yaxshilashga samarali hissa qoʻshish, oʻqitish amaliyotiga aralashish va ularni muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu, shuningdek, mutaxassislar va talabalarning harakatchanligi, boshqa davlatda oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va uchrashuvlarda ishtirok etishini ham oʻz ichiga oladi, – deyiladi hujjatda.

Qayd etish lozimki, Taʼlim inspeksiyasi va Finlyandiyaning Milliy taʼlim agentligi oʻrtasida 2020-yildan buyon qator hamkorlik loyihalari oʻtkazilmoqda. Shuningdek, agentlik ekspertlari tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha bir qator seminar va treninglar tashkil etib kelinmoqda.

photo_2021-11-24_17-38-27.jpg

Maʼlumot uchun, Finlyandiya Milliy taʼlim agentligi erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va parvarish qilish, maktabgacha va asosiy taʼlim, toʻliq oʻrta taʼlim va kasb-hunar taʼlimi, kattalar taʼlimi va taʼlimi uchun masʼul boʻlgan milliy rivojlanish agentligidir. Finlyandiya Taʼlim milliy agentligi faoliyatiga milliy taʼlim siyosatini amalga oshirish, milliy asosiy oʻquv dasturlari va malaka talablarini tayyorlash, pedagogik kadrlarni rivojlantirish, taʼlim sektori va maʼmuriy xizmatlar uchun xizmatlar koʻrsatish kiradi.

Shu bilan birga, agentlik taʼlim, kadrlar tayyorlash, yoshlar, sport va madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlik siyosatini ham amalga oshiradi.