× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Samarqandda pedagoglar sifat tarkibini yaxshilash va bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
25.11.2021

photo_2021-11-24_13-24-59.jpg

Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand viloyatida “Umumta’lim maktablarida dars berayotgan pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash va bu borada amalga oshiriladigan ishlar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy boʻlimi boshlig‘i Gʻayrat Boboxolov, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Qo‘ldosh Saidov, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori A’lamjon Ibragimov hamda viloyatdagi maktablarning pedagog xodimlari va hududiy markazning bir guruh professor- o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, pedagog xodimlarining ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

photo_2021-11-24_13-24-58.jpg

Shu bilan birgalikda viloyatdagi umumta’lim muassasalarining milliy reytingda qayd etgan natijalari, bu boradagi mavjud kamchiliklar, muammolar va ularning yechimi, yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. 

Shuningdek, 2021-yilning 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takommillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 572-sonli qarorning mazmun-mohiyati va pedagog kadrlar attestatsiyasi o‘tkazishda joriy etilgan yangiliklar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

photo_2021-11-24_16-06-28.jpg

Tadbir yakunida sohadagi mavjud muammolar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi hamda KPI tizimi natijalariga ko‘ra eng yuqori va eng past natija ko‘rsatayotgan maktablarda ta’lim sifatiga qaratilayotgan e’tibor, sifat va mazmunni o‘rganish natijalari dallilar asosida tahlil qilinib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bundan tashqari, maktablarda fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun yaratilgan 95 ta laboratoriya ishlari hamda ta’limga oid me’yoriy hujjatlarning elektron varianti taqdim etildi.