× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida tashqi baholash jarayonlari boʻlib oʻtdi
29.11.2021

img_0003.jpg

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida tashqi baholash jarayonlari amalga oshirilayotgani haqida avval xabar bergan edik.

Vazirlar Mahkamasining “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 470-sonli qaroriga muvofiq, taʼlim tashkilotlari tarkibidagi filiallar va oliy taʼlim tashkilotlari tarkibidagi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim instituti ham taʼlim tashkilotlari bilan bir vaqtda attestatsiyaga jalb qilinadi.

dsc_2348.jpg

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 22-26-noyabr kunlari Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali tashqi baholashdan oʻtkazildi.

2021-yil 22-noyabr kuni tashqi baholash ekspertlar komissiyasi aʼzolari hamda institut rahbariyati, dekanlar, boʻlim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirokida kun tartibi grafigiga muvofiq muloqot boʻlib oʻtdi.

dsc_2342.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Rahmatjon Roʻzmetov soʻzga chiqib, tashqi baholash jarayonini sifatli, shaffof va xolisona oʻtkazish, bu jarayonning oʻziga xos xususiyatlari va soʻngi yillari inspeksiya tomonidan taʼlim sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tashqi baholash jarayonida ekspertlar tomonidan professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati va ular mutaxassisliklarning (ixtisosliklarining) dars berayotgan fanlarga muvofiqligi, oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanganligi filialining moddiy-texnik taʼminoti, oʻquv laboratoriyalarining zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlanganligi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqildi.

Filial faoliyatini tashqi baholashda ekspertlar komissiyasi aʼzolari darslarga kirib, talabalarga oʻtilayotgan darslarning sifati, davlat taʼlim standartlari, malaka talablariga hamda oʻquv dasturlariga muvofiq oʻtilayotganligini oʻrganildi.

img_0133-1.jpg

Mazkur jarayonda filial talaba-yoshlarni metodik qoʻllab-quvvatlashda Taʼlim inspeksiyasi tomonidan filialning “Kino-teleoperatorlik” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun onlayn mahorat darslari ham tashkil qilindi. Bunda talabalarga filmni suratga olishda operatorga qoʻyiladigan talablar va nimalarga ahamiyat berishlari hamda operatorning tasvirga olish jarayonida rejissyor va ijodiy jamoa bilan qanday ishlash kerakligi haqida maʼlumot berildi. Har bir filmning sifatli chiqishi operatorning mahorat bilan ishlashi bilan bogʻliq ekanligi talabalarga tushuntirildi.

img_0020.jpg

Shu bilan birgalikda filialda tahsil olayotgan talabalarning fan dasturlarini oʻzlashtirish darajasi (bilimi) test sinovlari va ijodiy imtihonlar shaklida oʻtkazildi. Oʻtkazilgan nazorat ishlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash maqsadida jarayonlar onlayn tarzda https://uzdsmi-nf.uz/test-cam manzili orqali havola qilinib borildi.

photo_2021-11-26_09-43-47.jpg

Filialdagi maʼnaviy-axloqiy muhit, pedagoglarning axloqiy sifatlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan omillarni oʻrganish maqsadida talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida hamda bitiruvchilar bilimi, malakasi va koʻnikmalaridan qoniqish darajasini aniqlash maqsadida ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazildi.

Tashqi baholash ishlarining yakuniy natijalari boʻyicha tashqi baholash komissiyasi aʼzolari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri Qalbay Turdiyev va Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali direktori Amanjol Ayapovlar ishtirokida muloqot tashkil qilindi.

img_0113.jpg

Soʻnggi yillarda filialda olib borilayotgan islohotlar va taʼlim sifatini yanada yaxshilash borasidagi ishlar alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.