× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qashqadaryodagi umumtaʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi
29.11.2021

photo_2021-11-29_14-35-11 (2).jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimi tomonidan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, tuman hokimliklari bilan hamkorlikda 2020-yil reyting natijalari hamda Chiroqchi va Dehqonobod tumanlaridagi maktablarda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

photo_2021-11-29_14-35-11.jpg

Unda xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari va masʼullari, maktab direktorlari va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirishi, oʻquvchilarni bilim darajasi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning chet tillarni bilish darajasi, pedagoglarning sifat koʻrsatkichlari, oʻquvchilar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar, maktablarga mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar koʻrsatkichlari boʻyicha tumanlarning respublikadagi oʻrni, maktablarning koʻrsatkichlari keng muhokama qilindi.

photo_2021-11-29_14-35-10 (2).jpg

Bu borada yoʻl qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qiliib, kelgusida reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha yoʻl xaritalarini ishlab chiqish va har bir koʻrsatkich boʻyicha tuman xalq taʼlimi boʻlimlaridan alohida masʼullarni belgilash hamda bu borada nazoratni kuchaytirishga kelishib olindi.