× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Erasmus+ hamkorlik loyihalari uchun ajratiladigan mablagʻlarni 11,5 milliard yevroga oshirdi
03.12.2021

photo_2021-12-03_17-32-54.jpg

Joriy yilning 3-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Erasmus+ loyihalari tanloviga bagʻishlangan axborot kuni tashkil etildi.

Unda Erasmus+ dasturi loyihalari vakillari, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi mutasaddilari bilan birgalikda Oliy taʼlim boʻyicha milliy ekspertlar guruhi aʼzolari, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi hamda Fransiya, Latviya, Vengriya, Chexiya elchixonalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochib bergan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Erasmus+ dasturining Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati, shuningdek kelgusidagi Erasmus+ koʻmagi bilan amalga oshirilishi kutiladigan dolzarb vazifalar haqida maʼlumot berdi.

photo_2021-12-03_17-33-08.jpg

– Oʻtgan 4 yil Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimi uchun tub oʻzgarishlar va oliy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilingan davrga aylandi.

Mazkur jarayonda Oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib, taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlovchi "universitet 3.0" konsepsiyasini joriy etishda Erasmus+ dasturi imkoniyatlaridan foydalanish katta samaralar bermoqda. Bu esa ushbu tizimning investitsion jozibadorligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Asosiy maqsadimiz yurtimizda taʼlim sifatini yuqori bosqichga koʻtarish orqali taʼlim tizimimizning jozibadorligini oshirish, xalqaro taʼlim hamjamiyati bilan integratsiyani taʼminlashdir.

Bu borada esa ushbu strategik maqsadlarimiz Erasmus+ dasturi hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishiga umid qilib qolamiz, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

photo_2021-12-03_17-32-24.jpg

Shuningdek, tadbir davomida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi tomonidan mamlakatimizda oliy taʼlim tizimi yanada takomillashtirish hamda Yevropa Ittifoqi, xususan, Erasmus+ dasturi bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha quyidagi takliflar ilgari surildi:

loyihalarda hukumat organlarining ishtirokini qoʻllab-quvvatlash orqali strategik yoʻnalishdagi mamlakat taʼlim tizimi uchun dolzarb vazifalarni hal qilinishi, hamkorlik natijalarini keng miqyosida tatbiq etilishiga alohida urgʻu berish;

Oʻzbekistondagi barcha Oliy taʼlim muassasalarini SciVal xalqaro hamkorlik platformasiga obuna boʻlishida qoʻllab-quvvatlash;

Yevropa ittifoqiga aʼzo mamlakatlar, xususan, Finlyandiyaning nufuzli taʼlim muassasalari va idoralari bilan hamkorlikda oʻzbekistonlik oʻqituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan seminarlar, treninglar va qoʻshma tadbirlar tashkil etilishini taʼminlash.

nufuzli Yevropa ekspertlari va professorlarni jalb etgan holda Milliy oʻquv dasturlarini takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash;

mahalliy ekspertlarning nufuzli YEI taʼlim tashkilotlarida tajriba va malaka oshirishini qoʻllab-quvvatlash;

maqsadli strategik yoʻnalishlarda xalqaro ekspertlarni jalb qilish va ular ishtirokida seminar-treninglar tashkil qilinishiga sharoit yaratish.

photo_2021-12-03_17-33-44.jpg

Qayd etish lozimki, Yevropa Ittifoqining eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli dasturi sifatida eʼtirof etilgan Erasmus+ dasturi taʼlim, oʻqitish, sport va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida loyihalar, hamkorlik aloqalari, turli yoʻnalishda oʻtkaziladigan tadbirlar hamda mobillikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

photo_2021-12-03_17-59-43.jpg

Maʼlumot uchun, joriy yilning mart oyida dasturning 2021-2027-yillar uchun moʻljallangan boʻlgan yangi 7 yillik bosqichi oʻz faoliyatini boshladi. Mazkur bosqichning umumiy byudjeti 26,2 milliard yevroni tashkil etib, bu 2014-2020-yillar uchun ajratilgan 14,7 milliard yevroga nisbatan 11,5 milliardga koʻproq ekanligini koʻrish mumkin.

photo_2021-12-03_17-33-31.jpg

2022-yilgi tanlovda ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari Erasmus+ dasturining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar topshirishlari mumkin:

Xalqaro kredit mobilligi (ICM) – arizalar qabul qilishning oxirgi kuni 23-fevral 2022-yil

Oliy taʼlimda salohiyatni oshirish (CBHE) - arizalar qabul qilishning oxirgi kuni 17-fevral 2022-yil

Erasmus Mundus qoʻshma magistrlari (EMJM) - arizalar qabul qilishning oxirgi kuni 16-fevral 2022-yil

Erasmus Mundus loyihasi chora-tadbirlari (EMDM) - arizalar qabul qilishning oxirgi kuni 16-fevral 2022-yil

Jan Monne harakatlari (JMA) – arizalar qabul qilishning oxirgi kuni 1-mart 2022-yil