× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Nodavlat taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil 24-yanvarga qadar uzaytirildi
10.01.2022

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining nodavlat taʼlim tashkilotlarida ham qishki taʼtil muddatini 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirish boʻyicha taklifi Maxsus komissiya tomonidan maʼqullandi.

Shu munosabat bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarida 2022-yil 24-yanvarga qadar oʻquv jarayoni tashkil qilinmaydi.

Taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish,  ular uchun tashkil qilinayotgan onlayn fan olimpiadalari, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bellashuvlar va turli tanlovlarda faol ishtiroki taʼminlash maqsadga muvofiq.