× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Sirdaryo viloyati hokimligida milliy reyting natijalari muhokama qilindi
12.01.2022

0232c9b2e497e7445d83f.jpg


Sirdaryo viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan majlisda milliy reyting natijalari tahlili muhokama qilindi.

Yigʻilishda sohaga aloqador tashkilot, korxonalar rahbarlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda viloyatdagi 318 ta maktabda 157 ming 601 nafar oʻquvchiga 12 ming 774 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

0af2bef2e0536a9f931c0.jpg


Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan milliy reytingi natijalari boʻyicha Sirdaryo viloyati Respublika hududlari orasida 11-oʻrindan 9-oʻringa koʻtarildi.

2021-yilda bitiruvchilarning oliy taʼlimga jalb qilish koʻrsatkichi boʻyicha Oqoltin, Xovos va Sirdaryo tumanlari eng past darajada deb topildi.

67796f6a63b69de3c6a6e.jpg


Viloyat boʻyicha oliy malaka toifali, birinchi malaka toifali pedagoglarga ehtiyoj ortib bormoqda. Maktablarda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligi oshirish zarur boʻlmoqda.

photo_2022-01-11_16-45-26.jpg

Viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra mazkur kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish, xatoga yoʻl qoʻygan taʼlim muassasasi rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasida viloyat hokimi oʻrinbosari Otabek Nosirov mutasaddilarga topshiriq bergan.

– Har qanday islohotlar amalga oshirilmasin, qanchadan-qancha qarorlar qabul qilinmasin, barchamiz oʻz vazifamizga masʼuliyat bilan va vijdonan yondoshmas ekanmiz, kutilgan natijalarga erisha olmaymiz, – dedi O.Nosirov. – Shunday ekan, har bir pedagog, rahbarlar izlanishdan, oʻrganishdan toʻxtamaslik lozim.

67c84d1f1da93aad0dc91.jpg

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Otabek Donaboyev maʼlum qilishicha, 2026-yilga borib viloyatda taʼlim muassasalari sonini 395 taga yetkazish rejalashtirilgan. Shundan, 379 tasi davlat taʼlim muassasasi, 16 tasi xususiy taʼlim muassasasidir. Natijada barcha taʼlim muassasalarni bir smenada ishlashiga erishiladi. Bundan tashqari, chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va sertifikatga ega oʻqituvchilar soni 2026-yilgacha 50 foizga yetkazish maqsad qilingan.

88552b62631454359d625.jpg

465315fde3e199695921c.jpg

Xabar berilishicha, viloyatda bitiruvchilarning oliy taʼlimga jalb qilish koʻrsatkichini joriy yilda 30 foizga, 2026-yilga borib taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Oʻquv markazlari” orqali bu koʻrsatkichni 40 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.