× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik qishki taʼtil davrida ham izchil davom etmoqda
12.01.2022

photo_2022-01-12_15-59-33.jpg

Qishki taʼtil vaqtida oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan bir qator yoʻnalishlarda onlayn seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-yanvar kuni xalqaro baholash dasturlarining tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi yoʻnalishi boʻyicha trener-oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda taʼlim sifati monitoring boʻlimi xodimlari va ushbu yoʻnalishga qiziquvchi ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida onlayn vebinar boʻlib oʻtdi.

photo_2022-01-12_15-59-44.jpg

Oliy taʼlim muassasalari, malaka oshirish markazlari hamda maktab tizimi oʻrtasida doimiy hamkorlik va munosabat oʻrnatish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz ekspertlari, Fargʻona davlat universiteti, Navoiy viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda Andijon viloyatidagi umumtaʼlim muassasalari trener-o‘qituvchilari taqdimot o‘tib berishdi.

Onlayn vebinarni 5 ming nafardan ortiq oʻqituvchilar, taʼlim tizimi mutasaddilari hamda sohaga befarq boʻlmagan hamyurtlarimiz kuzatib bordi.

photo_2022-01-12_15-59-53.jpg

Vebinar davomida ishtirokchilarga oʻquvchilarning tajribalar oʻtkazish va ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, oʻquvchilarga amaliy xarakterdagi muammolar hal qilishda bilimlardan foydalanishlariga koʻmak berishlari boʻyicha asosiy tushunchalar va maʼlumotlar berib oʻtildi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etilgan onlayn vebinarda ishtirokchilarning barcha savollariga maʼruzachilar tomonidan atroflicha javob berildi.

photo_2022-01-12_16-00-17.jpg

Qayd etish lozimki, Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan tizimli ravishda har hafta oʻqituvchilarning metodik kunlarida yoʻnalishlar boʻyicha respublika turli yoʻnalishdagi tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Bunda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish uchun muhim boʻlgan 5 ta yoʻnalish – oʻqish, matematika, tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi hamda kreativ fikrlashni rivojlantirish boʻyicha muntazam ravishda oʻquv mashgʻulotlari, seminar-treninglar, davra suhbatlari orqali jamoatchilik bilan bevosita muloqot qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

photo_2022-01-12_16-00-34.jpg

Bugunga qadar, oʻquvchilarning savodxonligini rivojlantirish mavzulari boʻyicha 14 ta hududlarda jami 50 ta seminar, shu jumladan 16 ta anʼanaviy viloyat seminarlari va 35 ta Respublika onlayn vebinarlari tashkil etildi.

Ushbu seminar va onlayn vebinarlarga jami 50 ming nafardan ortiq ishtirokchilar qamrab olindi.

photo_2022-01-12_16-00-49.jpg

Mazkur seminar va vebinarlar mavzu va materiallari asosida tayanch maktablar oʻzlarining bazalarida 2 mingdan ortiq amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishiga erishildi.