× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash boʻyicha seminar tashkil etildi
14.01.2022

Screenshot_3.png

Joriy yilning 14-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi tomonidan 2022-yil attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida ichki baholashni oʻtkazish boʻyicha onlayn seminar tashkil etildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi masʼullari hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari mutasaddilari, ichki baholash komissiyasi aʼzolari va ekspertlar ishtirok etishdi.

Seminar kun tartibidan malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlarida ichki baholashni oʻtkazish va maʼlumotlarni tayyorlash, “ONAKS” elektron platformasida ishlash hamda ichki baholash boʻyicha maʼlumotlarni platformaga joylashtirish bilan bogʻliq qator masalalar o‘rin oldi.

Muhokamalar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga taʼlim inspeksiyasi mutasaddilari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Qayd etish lozimki, bu kabi seminarlardan koʻzlangan asosiy maqsad malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari faoliyatini ichki  baholash boʻyicha mazkur taʼlim tashkilotlari rahbariyati va va ichki baholashga masʼul xodimlar tajribasini oshirish, amaliy va uslubiy yordam koʻrsatishdir.

Maʼlumot uchun, 2021-yilda 27 ta malaka oshirish va qayta tayyorlash taʼlim tashkilotlari attestatsiyaga jalb etilib, ular tarkibidagi 551 ta malaka oshirish kurslari hamda 184 ta qayta tayyorlash kurslari akkreditatsiyalandi.

Jarayonlar natijasiga koʻra, akkreditatsiyalanmagan 70 ta malaka oshirish kurslari hamda 57 ta qayta tayyorlash kurslarining faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisida tegishli vazirlik va idoralarga xatlar kiritildi.