× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini ichki baholash boʻyicha onlayn seminar tashkil etildi
14.01.2022

Screenshot_4.png

Joriy yilning 14-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi tomonidan “oliy taʼlimda taʼlim sifatini ichki taʼminlash va baholash” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Unda 2022-yil attestatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan taʼlim muassasalari rahbariyati, OTMning ichki baholashni oʻtkazishga masʼul boʻlim xodimlari ishtirok etdi.

Screenshot_6.png

Seminar kun tartibidan OTMlarda taʼlim sifatini ichki taʼminlash va ichki baholashni oʻtkazish, mazkur jarayonlarda maʼlumotlar bazasi bilan ishlash, “ONAKS-UNIVERSITY” elektron platformasidan foydalanish hamda Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻyicha ichki baholash xulosalarini tayyorlash kabi yoʻnalishlar bilan bogʻliq qator masalalar oʻrin oldi.

Shu bilan birgalikda, ichki baholashda maʼlumotlar bazasi bilan ishlash, ularni umumlashtirishda eʼtiborga olinishi lozim boʻlgan jihatlar, jarayonda qogʻozbozlikni qisqartirishda amalga oshirilayotgan ishlarga ham toʻxtalib oʻtildi.

Screenshot_5.png

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi hamda jarayonni samarali tashkil etish boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.