× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasida 2019-yil yakunlari boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi
01.01.2020

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida 2019-yil yakunlari va 2020-yildagi vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev olib bordi. Unda 2019-yil mobaynida inspeksiya va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, OTM va maktablar reytingi aniqlash, nodavlat taʼlim muassasalariga litsensiya berish, PISA hamda PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Inspeksiya boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev 2020-yilda ham inspeksiyaga zimmasiga masʼuliyatli vazifalar yuklanganligini taʼkidlar ekan, xalq taʼlimi hamda oliy taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyalarida belgilangan vazifalar ijrosini sifatli bajarish uchun barcha imkoniyatni ishga solish lozimligini aytib oʻtdi. Xususan, PISA-2021 xalqaro tadqiqotlari uchun tajriba sinov jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, oʻtgan yilgiga kengroq qamrovda oʻtkazilayotgan maktab reytingini adolatli va shaffof oʻtkazish, milliy OTMlarga xalqaro reytingdan oʻrin olishlari uchun koʻmaklashish boʻyicha ishlarni yanada jadallashtirish lozimligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda, shuningdek, taʼlim muassasalarini yangicha tartibda attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash, taʼlim sifatini nazorat qilishda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hamda inspeksiya faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib va istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati