× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
10.01.2020

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, inspeksiya xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Matbuot anjumani davomida “Taʼlim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar hamda Taʼlim inspeksiyasining 2020-yilga moʻljallangan rejalari haqida maʼlumotlar berildi.

Taʼlim inspeksiyasi uzluksiz taʼlim sifatini yuqori bosqichga koʻtarish, shuningdek, taʼlim sifati va oʻquv jarayonlari samaradorligining xolisona baholanishni nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirib kelmoqda. Tadbirda davomida Taʼlim inspeksiyasining barcha taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikdagi loyihalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Jumladan, umumtaʼlim maktablar va oliy taʼlim muassasalari reytingi, PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish boʻyicha tayyorgarlik jarayonlari, pedagog kadrlar attestatsiyasi, taʼlim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish, professional taʼlim dasturlari, xorijiy davlatlarda olingan diplomlarni tan olish, nodavlat taʼlim muassasalariga litsenziya berish masalalarida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborot berildi.

Anjuman davomida ommaviy axborot vositalari vakillari barcha savollariga javob olishdi.