× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim sifatini baholash ishlari samaradorligi yoshlar bilan ochiq muloqotda muhokama qilindi
14.01.2020

Bugun, 14-yanvar kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining majlislar zalida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat test markazi rahbariyat vakillarining yoshlar bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan boʻlgan uchrashuvda bergan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirda ushbu tashkilotlar tizimida faoliyat koʻrsatayotgan yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshligʻi Asliddin Odilov inspeksiya tomonidan yurtimizda taʼlim sifatini oshirib borasida amalga oshirilayotgan ishlarda yoshlarning oʻrni va roli haqida maʼlumot berdi. Xususan, inspeksiya tashkil etilgan paytdan boshlab, xalqaro tajribani oʻrganish va tizimga ilgʻor mutaxassislarni jalb etish maqsadida asosan yoshlar ishga qabul qilingani maʼlum qildi. Inspeksiya tomonidan taʼlim sifatini adolatli va shaffof baholash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tashkil etishda doimiy tarzda yoshlar takliflari inobatga olinishi hamda yurtimiz taʼlim tizimida sifatni baholash va uni oshirish boʻyicha gʻoyalarga ega yoshlar uchun inspeksiya eshiklari doimo ochiq ekinligini aytib oʻtildi.

Shundan soʻng Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Qahramon Haqberdiyev maʼruza qilib, markaz tomonidan oliy taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha test imtihonlarini shaffof va adolatli koʻrinishda zamonaviy AKTdan foydalangan holda oʻtkazilayotganida yosh kadrlar ham muhim oʻrin tutayotgani, markaz bundan keyin ham test jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha yoshlar bilan fikrlarini inobatga olishni davom ettirishini maʼlum qildi.

Ochiq muloqotda, shuningdek, mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Olimjon Sattorov yoshlarga ilgʻor xorijiy davlatlarda magistratura, doktoranturada oʻqish, malaka oshirish va stajirovka oʻtash boʻyicha mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi.

Ochiq va doʻstona ruhda oʻtgan muloqotda yoshlar oʻqituvchilar va abituriyentlar bilimini baholash, test savollarini takomillashtirish, OTMlar reytingi aniqlash kabi masalalar boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi. Rahbarlar bildirilayotgan takliflarning aksariyati oʻrinli ekanligini taʼkidlar ekan, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarishdi.

Yakunda rahbarlar va yoshlar bu kabi uchrashuvlarni tez-tez oʻtkazib turish, bildirilayotgan har bir taklif boʻyicha uni amalga oshirishning mexanizmi ham taqdim etilish hamda ularni birgalikda muhokama qilishga kelishib olishdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Matbuot xizmati