× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Navoiydagi rektorlar 2019-yilda amalga oshirgan ishlari va 2020-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida deputatlarga hisobot berishdi
05.02.2020

Ayni kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri deputatlari Kengashlarida hududlardagi OTM rektorlari 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020-yildagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida hisobot berishmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-fevral kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashida Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik instituti rektorlarining hisobotlari tinglandi.

Sessiyada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Ulugʻbek Tashkenbayev, viloyat hokimi Qobul Tursunov, deputatlar, hududdagi OTMlarning professor-oʻqituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻz olgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Prezidentimiz oʻz Murojaatnomasida oliy taʼlim tizimini isloh qilishga alohida toʻxtalib, sohani tubdan isloh qilish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilab berganini taʼkidlar ekan, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud kamchiliklar va taʼlim sifati toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

  Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, oʻquv jarayoniga xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarini kengroq jalb etish, ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy va xorijiy loyihalar sonini koʻpaytirish ulardan mablagʻlar tushumini oshirish, institut professor-oʻqituvchilari tomonidan Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan foydalanish samaradorligiga erishish va yetakchi xorijiy jurnallarda maqolalar salmogʻini koʻpaytirish, xalqaro ilmiy jurnallarda, Respublika (OAK) ilmiy jurnallarida va xalqaro anjumanlarda ilmiy maqolalar chop etishni koʻpaytirish, monografiya, oʻquv qoʻllanma va darsliklarni chop etishni koʻpaytirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori va uning oʻrinbosarlari, fakultet dekanlari, tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, kafedra mudirlari tomonidan samarali menejmentni taʼminlash boʻyicha jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi, joriy, oʻrta muddatli va istiqbolli vazifalar tizimli tahlil qilinmaganligi, eʼtirof etilgan xalqaro talablar va standartlar darajasida zamonaviy taʼlim, shu jumladan innovatsion dasturlar va samarali ilmiy-tadqiqot ishlari joriy etilishini taʼminlash yuzasidan boshqaruv rahbar kadrlari va professor-oʻqituvchilar tarkibiga nisbatan talabchanlikning sustligi, shuningdek, institutning mamlakatimiz institutlari va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari orasida reytingi oshishi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirildi.

Shuningdek, tegishli tashkilotlarga institutning barcha fakultet hududlarida Wi-fi zonalarini tashkil etish, internet tezligini oshirish va uzluksiz ishlashini taʼminlash, institut axborot resurs markazidagi oʻquv va ilmiy adabiyotlarning elektron shakldagi versiyalarini koʻpaytirish vazifalari yuklandi.

Navoiy davlat konchilik institutida esa tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir talabaning 2-kursdan boshlab tegishli tarmoqning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda oʻtkazish, shuningdek ularning amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish boʻyicha dars mashgʻulotlari jadvalini ishlab chiqib tasdiqlash va amalga oshirilishini taʼminlash hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish belgilandi.

Bundan tashqari, institut professor-oʻqituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda korxonalarning zamonaviy texnologiyalarini oʻrgangan holda oʻquv jarayoniga qoʻllash maqsadida ularni ishlab chiqarish korxonalarida stajirovkalarini tashkil etish topshirigʻi berildi.

Deputatlar viloyatdagi OTM rektorlariga savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha rejalar bilan qiziqishdi.

Yakunda viloyatidagi OTMlarda taʼlim sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkam va ularning milliy reytingdagi oʻrinni yaxshilash boʻyicha xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati