× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Milliy baholash tizimini yaratishda Xalqaro taʼlimda testlash xizmati (ETS) tashkiloti bilan hamkorlik qilinadi
11.02.2020

Joriy yilning 11-fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Xalqaro taʼlim testlari tizimi tashkiloti (Education testing system) vakillari bilan uchrashuvboʻlib oʻtdi.

Unda milliy baholash tizimlarini ishlab chiqishda dunyoda yetakchi hisoblangan notijorat tashkilot ETS tajribasini oʻrganish va yaqindan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev ETS ijrochi direktori janob Gerban van Lent hamda mintaqaviy menejer Anna Gutkovska xonimga tashrif uchun minnatdorchilik bildirar ekan, yurtimizda taʼlim sohasidagi islohotlar hamda inspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

ETS vakillari mamlakatimizda pedagoglarning malaka toifalari asosida baholanishini mukammal tizim sifatida eʼtirof etishdi. Ushbu jarayonda ularning xorijiy tillarni bilish darajasi inobatga olinayotganini ijobiy baholashdi. Shuningdek, oʻqituvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasi ular faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasasi reytingida ham aks etishi ilgʻor tajriba ekanligi taʼkidlandi.

ETS ijrochi direktori janob Gerban van Lent taʼlim muassasalari reytingini aniqlashda muassasalarning har bir koʻrsatkichlari yildan-yilga oʻsish yoki pasayish holati baholab borilayotgani mavjud taʼlim sifatini oshirishdagi muhim omil boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi. Ushbu jarayonning xalqaro standartlar asosida tashkil etilishi esa natijaning yana-da shaffof va aniq olinishiga yoʻl ochib berishini aytib oʻtdi. Bunda esa ETS tajribalari qoʻllash va milliy testologiya jarayonlarini toʻgʻri va samarali tashkil etishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida milliy baholash tizimlari sifatli va samarali boʻlishi uchun ularni yaratishda mahalliy talablarni va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida:
ETS(Education testing system) – Taʼlimda testlash xizmati 1947-yilda tashkil etilgan test va baholash boʻyicha dunyodagi eng yirik xususiy, notijorat tashkilot hisoblandi.
Hozirgi kunda mazkur tashkilot TOEFL – ingliz tilini xorijiy til sifatida baholash, TOEIC – ingliz tilini xalqaro muloqot uchun baholash, GRE – Bakalavrdan keyingi bosqichlarga kirish jarayonida til, matematika va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini baholash, PRAXIS – oʻqituvchilarning bilim va taʼlim boʻyicha koʻnikmalarini baholash tizimlari boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, PISA testlari elementlarini shakllantirish boʻyicha ham OECD tashkiloti bilan hamkorlik qiladi.