× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qashqadaryoda xalqaro baholash dasturlariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi
14.02.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida taʼlim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish masalasini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Joriy yilning 13-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida “ Xalqaro baholash dasturlari — taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi seminar oʻtkazildi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Qashqadaryo viloyati xalq taʼlim boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda maktab direktorlari, trener-oʻqituvchilar, tayanch maktablarining pedagoglari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, mamlakatimizda dunyoda taʼlim sifatini baholash boʻyicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari, jumladan PISA (15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini baholash), PIRLS (4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash) dasturlarida ishtirok etishga kirishildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Oʻzbekistonning 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilab berilganini taʼkidlar ekan, ushbu masʼuliyatli vazifani bajarish uchun oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita taʼlim sifatini oshirish bilan aytib oʻtildi. Unda ishtirok etish, nafaqat Oʻzbekiston, balki, jahon hamjamiyatida oʻquvchilarning oʻquv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, yaʼni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish va uni baholashga oʻtishda muhim vosita boʻlib hisoblanishi taʼkidlandi.

Bugungi kunga qadar PISA va PIRLS doirasida tajriba-sinov oʻtkazish uchun 200 dan ortiq topshiriqlar guruhi tarjima qilinib, xalqaro lingvistika markazlari tasdigʻidan oʻtkazildi.
Xalqaro tadqiqotlarda ishtirokni moliyalashtirish uchun Jahon bankining “Erta bolalikdagi rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida 4,9 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar ajratildi.

Oʻquvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga bagʻishlangan 20 ta videodars va videoroliklar, 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma va topshiriqlar toʻplami, shu jumladan 4 nomdagi metodik qoʻllanmalar 10,0ming nusxadan chop etilib, barcha maktablarga yetkazildi, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilindi.

“Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash” nomli metodik qoʻllanmalar xalqaro baholash dasturlari haqida umumiy tushunchalar, asosiy tamoyillar haqida maʼlumotlar berish va oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga moʻljallangan topshiriqlardan namunalarni hamda ularni baholash mezonlarini oʻz ichiga oladi.
  
Ushbu qoʻllanmalarning ahamiyati shundaki, ulardagi topshiriqlar namunalari respublikadagi bir nechta maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazilib, takomillashtirilgan holda nashr etildi. Ulardan sinfdan tashqari va toʻgarak mashgʻulotlari davomida yoki mustaqil ravishda oʻquvchilarning savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish orqali ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash va hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, 2021-yilda oʻtkaziladigan xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanish tavsiya etildi.

Shuningdek, hududga tashrif mobaynida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Qarshi shahridagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.