× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Toshkent va Jizzax viloyatlarida xalqaro baholash dasturlariga bagʻishlangan seminarlar oʻtkazildi
14.02.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba ishtirok etadigan xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik boʻyicha hududlarda seminarlar oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Jizzax va Toshkent viloyatlarida ham “Xalqaro baholash dasturlari — taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi seminarlar oʻtkazildi. Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda viloyat xalq taʼlim boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan seminarda maktab direktorlari,trener-oʻqituvchilar, tayanch maktablarining pedagoglari va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Oʻzbekistonning 2030-yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish ustuvor vazifa etib belgilab berilganini taʼkidlar ekan, ushbu masʼuliyatli vazifani bajarish uchun oldinda turgan ustuvor vazifalar haqida maʼlumot berishdi.

Xususan, xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun oʻquvchilarning oʻquv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, yaʼni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qoʻllay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirish va uni baholashga oʻtishda muhim vosita boʻlib hisoblanishi taʼkidlandi.

Bugungi kunga qadar PISA va PIRLS doirasida tajriba-sinov oʻtkazish uchun 200 dan ortiq topshiriqlar guruhi tarjima qilinib, xalqaro lingvistika markazlari tasdigʻidan oʻtkazildi.
Tabdirda shuningdek, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Jumladan, bugungi kunga qadar PISA va PIRLS doirasida tajriba-sinov oʻtkazish uchun 200 dan ortiq topshiriqlar guruhi tarjima qilinib, xalqaro lingvistika markazlari tasdigʻidan oʻtkazilgan.

Xalqaro tadqiqotlarda ishtirokni moliyalashtirish uchun Jahon bankining “Erta bolalikdagi rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida 4,9 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar ajratilgan.

Oʻquvchilarning ijodiy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga bagʻishlangan 20 ta videodars va videoroliklar, 7 taoʻquv-uslubiy qoʻllanma va topshiriqlar toʻplami, shu jumladan 4 nomdagi metodik qoʻllanmalar 10,0 ming nusxadan chop etilib, barcha maktablarga yetkazildi, shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan.

“Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning oʻqish savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning matematik savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda oʻquvchilarning tabiiy fanlar boʻyicha savodxonligini baholash”, “Xalqaro tadqiqotlarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligini baholash” nomli metodik qoʻllanmalar xalqaro baholash dasturlari haqida umumiy tushunchalar, asosiy tamoyillar haqida maʼlumotlar berish va oʻquvchilarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga moʻljallangan topshiriqlardan namunalarni hamda ularni baholash mezonlarini oʻz ichiga oladi.
  
Ushbu qoʻllanmalarning ahamiyati shundaki, ulardagi topshiriqlar namunalari respublikadagi bir nechta maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkazilib, takomillashtirilgan holda nashr etilgan.

Seminar ishtirokchilarga mazkur qoʻllanmalardan sinfdan tashqari va toʻgarak mashgʻulotlari davomida yoki mustaqil ravishda oʻquvchilarning savodxonligini oshirish, berilgan topshiriqlarni yechish orqali ularning ijodiy, mantiqiy fikrlash va hayotiy muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, 2021-yilda oʻtkaziladigan xalqaro PISA va PIRLS tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanish tavsiya etildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati