× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi tomonidan hududlarda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amaliy koʻmak berildi
17.02.2020

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tavsiya va amaliy koʻmaklar berilmoqda. Xususan, inspeksiya huzuridagi Milliy markaz, Xalq taʼlim vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari vakillari, tayanch maktablar direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, aniq, tabiiy, ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fanlar va boshlangʻich taʼlim boʻyicha metod birlashma rahbarlari, fan metodistlari uchun seminar tashkil etildi.



Mazkur seminarlarda ishtirok etgan Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida taʼlim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish masalasiga alohida eʼtibor qaratish boʻyicha vazifalar yuklanganligi, bugungi kunda respublikamizda taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, pedagoglarning malakaviy kompitentligini oshirish, 2021-yil PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish TIMSS, PIRLS xalqaro dasturlariga tayyorgarlik jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish lozimligi, bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarni yana-da rivojlantirish kerakligini taʼkidladi.





Shuningdek, hududlarga tashrif mobaynida PISA xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik boʻyicha maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Xususan, Samarqand shahridagi 37-umumtaʼlim maktabi, Jizzax shahridagi 22-sonli IDUM va Qarshi shahridagi 1-umumtaʼlim maktabida PISA doirasida tajriba-sinov oʻtkaziladigan sinflari oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar, olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni yuzasidan oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan suhbatlar oʻtkazildi. Zaruriy tavsiyalar berildi hamda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib oʻtildi. Inspeksiya boshligʻi tomonidan maktablarning kompyuter xonasi oʻrganilib, AKT vositalarning holati, mavjud kamchiliklar, optik tolali internet tarmogʻiga ulanish boʻyicha amaliy koʻmaklar berildi.



Shuningdek, hududlarda OTM rahbarlari bilan uchrashib, bugungi kunda oliy taʼlim sifatini oshirish, mavjud moddiy-texnik bazadan keng darajada foydalanish lozimligi toʻgʻrisidagi masalalarga alohida toʻxtaldi. Barcha OTMlarning 2020-yilga moʻljallangan “yoʻl xaritalari” har tomonlama mukammal ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.





Bundan tashqari, Taʼlim inspeksiyasi rahbari viloyatlardagi ijod maktablaridagi taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Jizzaxga tashrif mobaynida Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida boʻlib, u yerda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif chogʻida muassasa kutubxonasini “Armat” dasturiga ulash, taʼlim sifatini oshirish maqsadida hududdagi nufuzli professor-oʻqituvchilarni darslarga jalb etish, onlayn vebinar darslar tashkil etish boʻyicha muhim koʻrsatmalarni berib oʻtdi. Shuningdek, muassasaga laboratoriya xonalari, alohida sport zal binosi qurish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar bilan ish boshlash lozimligini, ijod maktabining 2020-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berdi.



Qarshi shahridagi A.Oripov nomidagi ijod maktabida ham olib borilayotgan oʻquv tarbiya jarayoni, mazmunga mavjud muammo va kamchiliklarni tahlil qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifalari berildi. Oʻrganishlar davrida maktabda PISA doirasida tajriba-sinov oʻtkaziladigan sinflar bilan olib borilayotgan ishlar bugungi kun talabiga javob bermasligi taʼkidlanib, trening mashgʻulotlarni oʻtkazish boʻyicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati