× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijon va Namanganda xalqaro baholash jarayonlariga tayyorgarlik ishlari oʻrganildi
14.03.2020

Joriy yilning 11-12-mart kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Andijon va Namangan viloyatlariga tashrif buyurib, maktablarda taʼlim sifati va samaradorligi oshirish borasida amalga oshirilayotgani ishlar bilan tanishdi.

Xususan, 12-mart kuni Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Andijon viloyati Ulugʻnor tumanidagi 1-maktabda boʻlib, beshta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Maktab oʻquvchilari bilan “Buyuk ajdodlarimiz faxrimiz” mavzusida suhbat tashkil etilib, buyuk ajdodlarimiz dunyo ilm-fani rivojiga qoʻshgan hissasi haqida yoshlarga batafsil maʼlumot berildi. Yoshlarimiz ham kelgusi oʻzlari orzu qilgan kasbning egasi boʻlishlari uchun barcha fanlarni yaxshi oʻqishlari lozimligi taʼkidlandi.

Maʼlumki, mamlakatimiz 2021-yilda ilk marotaba ishtirok etadigan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish uchun respublikamiz boʻyicha 348 ta tayanch maktab belgilanib, ular orqali 6 ming nafardan ortiq oʻqituvchilarning malakasi oshirilish rejalashtirilgan.

Hududlarga tashrif mobaynida Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi tayanch maktablari faoliyati bilan bilan tanishib, ularda mavjud sharoitlar, yaratilgan imkoniyatlar va mavjud muammolar bilan qiziqdi.

Jumladan, Ulugʻbek Tashkenbayev xalqaro tadqiqotlarga tayanch maktab sifatida belgilangan Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabida boʻlib, olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Trener oʻqituvchilar bilan suhbatlashib, tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, barcha maktabga yetkazib berilgan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha 4 nomdagi metodik qoʻllanmalardan amaliyotda qanday foydalanilayotgani oʻrganildi.