× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya jamoasi ham “Obod yurt” xayriya hasharida ishtirok etdi
14.03.2020

“Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish xayriya hashari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida ham uyushqoqlik bilan oʻtmoqda.

Erta tongdan inspeksiya jamoasi bino atroflarini obod qilishga kirishdi. Hashar davomida yer maydoni obodonlashtirildi, ariqlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxt oqlandi va shakl berildi.

Obod boʻlgan hududga yangi daraxt va gul koʻchatlari ekilmoqda.

Tadbir davomida xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʻlmish hashar kishilarni jipslashtiruvchi, yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ezgu amallardan biri ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi.