× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Barcha nodavlat taʼlim tashkilotlari rahbarlari ogohlantirildi
16.03.2020

Joriy yilning 15-mart kuni koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yigʻilishi oʻtkazilib bir qator qatʼiy choralar belgilandi.

Koronavirus infeksiyasi aholi orasida tarqalib ketishining oldini olish, nodavlat taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari va taʼlim oluvchilari sogʻliklarining muhofaza qilinishini taʼminlash va ularning ommaviy kasallanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan barcha nodavlat tashkilotlariga quyidagi mazmunda ogohlantirish yuborildi:

2020-yil 16-martdan boshlab barcha nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi va taʼtil eʼlon qilinadi;

nodavlat taʼlim tashkilotlarida rejali va rejadan tashqari har qanday tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish taqiqlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257/1-moddasiga muvofiq sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdan saqlanish uchun berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy amal qilinishi nazoratga olinadi.