× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Navro'zi olam muborak aziz yurtdoshlar!
20.03.2020



Barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan bahoriy yasharish va yangilanish bayrami Navroʻzi olam bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Navroʻzi olam oʻlkamizga qadam qoʻyishi bilan har birimiz yon atrofimizdagi tabiatning uygʻonishi va bahor nafasidan bahramand boʻlamiz. Shunday kunlarda xalqimizga tinchlik, omonlik, sogʻlik-salomatlik, barcha ezgu niyatlari ushalishini tilab qolamiz.

Xonadonlarimizdan mehr-oqibat, fayzu baraka arimasin! Baxtimizga tabarruk otalarimiz, munis onalarimizning umrlari uzoq boʻlsin. Hammamizning koʻnglimizdagi pok niyatlarimiz ijobat boʻlsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, farzandlarimiz bilimli boʻlsin!