× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ota-onalar farzandining uyda taʼlim olishiga masʼuliyat bilan qarashi lozim
24.03.2020

Xabaringiz bor, yaqin kunlarda “Madaniyat va maʼrifat”, “Oilaviy”, “Dunyo boʻylab” va “Yoshlar” telekanallarida oʻquvchilar uchun tayyorlangan videodarslar efirga uzatib boriladi. Bundan tashqari hozirgi kunda Internet orqali Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan (@uztdi) xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha videodarslar, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan esa oʻquvchilar uchun turli elektron kitoblar va taʼlimga oid veb-resurslar berib borilmoqda.

Farzandingiz shu paytga qadar taʼlimni oʻqituvchisidan olar edi. Siz unga oilada tarbiya bersangiz, taʼlim uchun oʻqituvchi masʼul edi. Bugun nafaqat Oʻzbekiston balki dunyo hamjamiyati uchun kutilmagan ushbu vaziyatda hamjihat boʻlib, birdamlikda farzandingizning uyda taʼlim olishi va videodarslarni MUNTAZAM kuzatib borishiga eʼtiborli boʻlishingizni soʻraymiz.

Ushbu taʼtil davrida davlatimiz tomonidan oʻquvchilarning TV va Internet orqali taʼlim olishlariga imkoniyatlar yaratilmoqda. Farzandingiz ayrim sabablarga koʻra TV orqali videodarslarni oʻz vaqtida koʻra olmay qolsa, ijtimoiy tarmoqlar orqali qayta koʻrib olish imkoniyati bor.

Siz bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, farzandingizni videodarslar orqali tegishli fanlarni oʻzlashtirishi va shu asosda darslarni toʻliq tayyorlashiga masʼuliyat bilan yondashishingizni soʻraymiz.
Har bir videodarsni tayyorlash va uni efirga uzatish zamirida katta mehnat yotadi. Sizlar uchun jonini kuydirayotgan taʼlim sohasidagi har bir xodimning mehnatini qadrlang!

Imkon darajasida farzandingiz uchun TV va Internet orqali berilayotgan birorta darsni oʻtkazib yubormang. Videodars va elektron kitoblar orqali tushunmaganlarini tushuntirishga harakat qiling. Farzandlaringiz bilan birga oʻtirib, ularga dars tayyorlating.

Unutmang, taʼlim bu kelajak!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Matbuot xizmati