× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha Jizzax hamda Toshkent viloyatlaridagi tayanch maktablar uchun videoseminar oʻtkazildi
19.05.2020

Ayni kunlarda yurtimizda karantin payti boʻlishiga qaramasdan Taʼlim inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududlardagi tayanch maktablar uchun videoseminarlar tashkil etib kelinayotgani haqida xabar bergan edik.



Bugun, 19-may kuni Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi tayanch maktablar uchun “Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktab faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida navbatdagi videokonferensiya formatidagi seminarlar oʻtkazildi.



Zamonaviy AKT imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻtkazilgan mazkur onlayn videoseminarda Taʼlim inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Milliy markaz, taʼlim inspeksiya hududiy boʻlimi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlari rahbarlari va mutaxassislari, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan Jizzax viloyatidagi 20 ta va Toshkent viloyatidagi 36 ta tayanch maktab direktorlari va pedagoglari masofadan turib ishtirok etishdi.

Tadbirni ochib bergan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Prezidentimiz tomonidan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berilganini taʼkidlar ekan, yurtimizdagi taʼlim sifatiga xalqaro daraja baho beriladigan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlariga qisqa vaqt qolayotgani, tayanch maktablari orqali har bir pedagogga metodik yordam koʻrsatib borish ishlarni jadallashtirish lozimligi aytib oʻtdi.

Shuningdek, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish yoʻlida xorijiy ilgʻor tajribalarini oʻrganish, mazkur dasturlarga munosib tayyorgarlik koʻrish, oʻqituvchi va oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlarning topshiriqlari misolida mantiqiy va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini hosil qilish va rivojlantirish kerakligi taʼkidlab oʻtildi.

Videoseminar asosiy qismida ishtirokchilariga Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz xodimlari tomonidan xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, bunda tayanch maktablarining faoliyatni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishi toʻgʻrisida maʼruzalar oʻqildi, shu bilan birga, aniq va tabiiy fanlarda Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriqlardan namunalar berilib, ishtirokchilar bilan savol-javob qilindi.

Tayanch maktablar faoliyatini tashkil etishda, berilayotgan tavsiyalar va koʻrsatmalarning joylardagi amaliyoti bilan tanishish maqsadida, tayanch maktablar direktorlari ham taqdimotlar orqali oʻzlarining tajribalari hamda fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.