× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Samarqandda onlayn videoseminar davomida karantin qoidalari buzilgani haqidagi xabarga munosabat
20.05.2020

Samarqand viloyati xalq taʼlim xodimlari karantin qoidalariga rioya qilmagan holda seminarda ishtirok etishgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻlib, 2030-yilga kelib ushbu tadqiqot reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish maqsad qilingan.

Respublikamizning barcha hududlarida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan 348 ta tayanch maktablar belgilangan boʻlib, ushbu maktablar faoliyati samaradorligini oshirish hamda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan tadqiqotlarni muvaffaqiyatli joriy etilishi yoʻlida koʻplab targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borishni taqozo etadi.

Eslatib oʻtish joizki, karantin qoidalarini buzmaslik hamda jamoatchilik salomatligini himoya qilish maqsadida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha joriy yilning aprel va may oylariga belgilangan bir qator tadbirlar, shuningdek tajriba-sinovlari bekor qilingan edi. Bu esa oʻz navbatida, maktablar jamoalari, pedagoglarida koʻplab savollar paydo boʻlishiga olib keldi.

Shunday ekan, tayanch maktablar faoliyati uchun zaruriy maʼlumotlarni yetkazish maqsadida onlayn tarzda seminar tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu onlayn tarzdagi seminarni tashkil etishda, ustuvor vazifa, inson salomatligi va xavfsizligi boʻlib, Respublikadagi oʻrnatilgan karantin qoidalariga rioya qilgan holda, tayanch maktablar direktorlari va oʻrinbosarlari, xalqaro tadqiqot yoʻnalishlariga mos boʻlgan aniq, tabiiy va filologiya fanlari trener-oʻqituvchilaridan bir nafardan vakillar ishtirokchi sifatida masofadan, oʻzlarining turgan joylaridan qatnashishlari tavsiya etilgan.

Ushbu seminarda ishtirok etishda karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozimligi, ishtirokchilarning bir joyga yigʻilishiga ehtiyoj yoʻqligi, ushbu dasturga kompyuter va mobil telefon orqali ham ulanish mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Videoseminarda tayanch maktablar faoliyati samaradorligini oshirish, xalqaro tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari, yaʼni oʻquvchilarning oʻqish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik hamda kreativ fikrlash koʻnikmalarini baholash va rivojlantirish mavzularida taqdimotlar oʻtkazilib, mazkur yoʻnalishlar boʻyicha savol-javob, topshiriqlar namunalarini birgalikda yechish tarzida oʻtkazildi.

Taʼlim inspeksiyasi faoliyati oid savol, shikoyat va takliflaringiz bilan inspeksiyasining Telegram boti(@uztdibot) murojaat qilishingiz mumkin.