× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Poytaxtimizdagi tayanch maktab uchun xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha videoseminar oʻtkazildi
20.05.2020

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan boʻlib, 2030-yilga kelib ushbu tadqiqot reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishish maqsad qilingan.

Respublikamizning barcha hududlarida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan 348 ta tayanch maktablar belgilangan boʻlib, ushbu maktablar hududlardagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirish boʻyicha asosiy metodik bazaga ega boʻlgan, doimiy harakatdagi oʻquv mashgʻulotlar, seminar-treninglar, davra suhbatlarini tashkil etish, xalqaro baholash dasturlariga oid ilgʻor xorijiy tajribalarni ommalashtirish ishlarini amalga oshiradigan muassasalar hisoblanadi.

Karantin qoidalarini buzmaslik hamda jamoatchilik salomatligini himoya qilish maqsadida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha joriy yilning aprel va may oylariga belgilangan bir qator tadbirlar, shuningdek tajriba-sinovlari bekor qilindi. Bu esa oʻz navbatida, maktablar jamoalari, pedagoglarida ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha koʻplab savollar hamda metodik yordamga ehtiyoj paydo boʻlishi olib keldi.

Shu sababli Taʼlim inspeksiyasi, uning huzuridagi Milliy markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanib, karantin qoidalarini buzmagan holda onlayn videoseminarlar tashkil etish yoʻlga qoʻyildi. Har bir viloyatdagi tayanch maktablar uchun alohida tashkil etilgan onlayn videoseminarlar pedagoglar bilan interaktiv usulda, oʻzaro erkin savol-javob tarzida oʻtkazildi.

Xususan, bugun, 20-may kuni Toshkent shahridagi 14 ta tayan maktablar uchun “Xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik koʻrishda tayanch maktab faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida navbatdagi videokonferensiya formatidagi seminar oʻtkazildi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz mutaxassislari tomonidan xalqaro tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari boʻlgan oʻqish, matematik savodxonlik va kreativ fikrlash boʻyicha taqdimotlar oʻtkazilib, ishtirokchilarda mazkur yoʻnalishlar boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida ishtirokchilar bilan savol-javob, topshiriqlar namunalarini birgalikda yechish tarzida oʻtkazildi.

Tayanch maktablar faoliyatini tashkil etishda, berilayotgan tavsiyalar va koʻrsatmalarning joylardagi amaliyoti bilan tanishish maqsadida, tayanch maktablar direktorlari ham taqdimotlar orqali oʻzlarining tajribalari hamda fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Xususan, maktab direktori va pedagoglar xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida ishga tushirilgan onlayn test trenajor (http://test.tsmm.uz) platforma ham oʻqituvchi va oʻquvchilarda ushbu sinovlarga tayyorgarlik koʻrish uchun qulaylik yaratgani va undan faol tarzda foydalanib borishlarini taʼkidlab oʻtishdi.

Yakunda poytaxt maktablarida ushbu tadqiqotlarga sifatli tayyorlanish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.