× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Maktablar attestatsiyasini masofadan turib oʻtkazish boʻyicha onlayn muloqot oʻtkazildi
22.05.2020

Joriy yilning 21-may kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida karantin sharoitida taʼlim jarayonlarini tashkil etilishi va kelgusida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar muhokamasiga bagʻishlab onlayn muloqot oʻtkazildi.

Videokonferensiya formatida tashkil etilgan ushbu tadbirda Taʼlim inspeksiyasining hududiy boʻlimlari boshliqlari, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining taʼlim sifati monitoringi boʻlimi boshliqlari, tuman (shahar) attestatsiya komissiyasi raislari hamda masofaviy taʼlim monitoringiga masʼul xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda maʼruza qilgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Xotamjon Ketmonov koronavirus pandemiyasi sabab masofaviy taʼlim joriy etilganiga qaramasdan Prezidentimiz tomonidan taʼlim jarayonlarini sifatli tashkil etish vazifasi qoʻyilganligini taʼkidlar ekan, oʻquv yili yakunlanganidan soʻng taʼlim davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli tashkil etish va bitiruvchilarni taʼlimning keyingi bosqichga jalb etish boʻyicha bir qator tizimli ishlar amalga oshirilishi lozimligini aytib oʻtdi.

Shuningdek, onlayn muloqot davomida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining attestatsiya va akkreditatsiya hujjatlari aylanishini “ONACS” – elektron platformasi orqali nazorat qilish tartibi va karantin sharoitida umumiy oʻrta taʼlim maktablari attestatsiyasini tashkil etishda xalq taʼlimi xodimlarining vazifalari kabi mavzular boʻyicha taqdimotlar oʻtkazildi.

Muloqot mobaynida hududlardan turib ishtirok etayotgan masʼullarning attestatsiya va akkreditatsiya jarayonlarini masofadan turib tashkil etish boʻyicha bergan savollariga batafsil javob qaytarildi.