× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijon viloyatida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik holati oʻrganildi
30.05.2020

Joriy yilning 29-may kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatida boʻldi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomada ushbu tadqiqotlarga tayyorgarlik masalasiga alohida toʻxtalib, dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.

Tashrif mobaynida U.Tashkenbayev viloyat hokim oʻrinbosari Oʻtkir Shukurov va viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi bilan birgalikda viloyatdagi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha belgilangan tayanch maktablarda boʻlib, mavjud ahvol bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Andijon shahridagi 24-sonli maktab hamda Shahrixon tumanidagi 44-sonli davlat ixtisoslashgan umumtaʼlim muassasasida boʻlib, ushbu tayanch maktablarning faoliyati, laboratoriya xonalari, muassasa kutubxonasi, informatika xonalarini koʻzdan kechirildi. Ularning moddiy texnik bazasidagi muammolarni bartaraf etish hamda tayanch maktab sifatida oʻqituvchilarga metodik jihatdan yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Maktablarda erishilgan natijalarni ilgʻor tajriba sifatida ommalashtirish, fanlar boʻyicha tajribali mutaxassislar qatoridan belgilangan trenerlar salohiyati va malakasini oshirish, maktablarni uslubiy qoʻllab-quvvatlash masalalari alohida taʼkidlab oʻtildi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi tayanch maktablari yil davomida oʻzlariga biriktirilgan maktablarning oʻqituvchilari bilan hamkorlik jarayonlarini tartibga keltirish va yuqori sifatga erishish maqsadida xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik jarayonlarini chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish lozimligi toʻgʻrisida Andijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullariga koʻrsatmalar berdi.