× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Namanganda professional taʼlim muassasalari hamda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ishlari oʻrganildi
31.05.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev joriy yilning 29-may kunlari Andijon va Fargʻona viloyatlaridagi professional taʼlim muassasalari hamda taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarda qatnashuvchi maktablarning faoliyati bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

30-may kuni Ulugʻbek Tashkenbayev Namangan viloyatiga tashrif buyurib, Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi, 1-sonli kasb-hunar maktabi hamda Namangan Muhandislik-texnologiya instituti faoliyati bilan tanishdi.

Maʼlumki Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarda qatnashadi. Ushbu xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha tayanch maktab etib belgilangan Namangan tumanidagi 23-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining laboratoriya xonalari, muassasa kutubxonasi, informatika xonalarini koʻzdan kechirildi. Ularning moddiy texnik bazasidagi muammolarni bartaraf etish hamda tayanch maktab sifatida oʻqituvchilarga metodik jihatdan yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Maktablarda erishilgan natijalarni ilgʻor tajriba sifatida ommalashtirish, fanlar boʻyicha tajribali mutaxassislar qatoridan belgilangan trenerlar salohiyati va malakasini oshirish, maktablarni uslubiy qoʻllab-quvvatlash masalalari alohida taʼkidlab oʻtildi va masʼullariga tegishli tavsiyalar hamda vazifalar belgilab berildi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yurtimizda yangicha koʻrinishdagi professional taʼlim muassasalari ish boshlaydi. Tashrif mobaynida ushbu muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyish boʻyicha viloyatida amalga oshirilayotgani ishlar samaradorligi oʻrganildi.

Xususan, Namangan tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorlik boʻyicha qilingan ishlar, oʻquv xonalari, ustaxonalarning moddiy-texnik bazasi koʻzdan kechirildi. Ushbu muassasalarga ilk oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, masʼullarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, tashrif davomida Taʼlim inspeksiya boshligʻi Namangan Muhandislik-texnologiya instituti tomonidan karantin vaqtida talabalar uchun olib borayotgan masofaviy taʼlim faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning maxsus tashkil etilgan platformadan foydalanish holati, platformada talabalarni baholanishi hamda bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.