× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Fargʻona vodiysida professional taʼlim muassasalari va xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik oʻrganildi
01.06.2020

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev joriy yilning 29-30-may kunlari Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi professional taʼlim muassasalari OTMlardagi masofaviy taʼlim hamda taʼlim sifatini baholash boʻyicha, PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarda qatnashuvchi maktablarning faoliyati bilan tanishdi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab yurtimizda yangicha koʻrinishdagi professional taʼlim muassasalari ish boshlaydi. Tashrif mobaynida ushbu muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyish boʻyicha viloyatida amalga oshirilayotgani ishlar samaradorligi oʻrganildi.

Xususan, Fargʻona shahridagi 1-kasb-hunar maktabi, Oltiariq tumanidagi 2-kasb-hunar maktabi hamda Namangan tumanidagi 1-kasb-hunar maktabida yangi oʻquv yiliga tayyorlik boʻyicha qilingan ishlar, oʻquv xonalari, ustaxonalarning moddiy-texnik bazasi koʻzdan kechirildi. Ushbu muassasalarga ilk oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, masʼullarga vazifalar belgilab berildi.


Maʼlumki Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarda qatnashadi. Tashrif mobaynida ushbu xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik boʻyicha tayanch maktab etib belgilangan Andijon shahridagi 24-maktab, Shahrixon tumanidagi 44-sonli DIUM, Fargʻona tumanidagi 4-maktab va Namangan tumanidagi 23-maktabning sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining laboratoriya xonalari, kutubxona, informatika xonalarini koʻzdan kechirildi. Ularning moddiy texnik bazasidagi muammolarni bartaraf etish hamda tayanch maktab sifatida oʻqituvchilarga metodik jihatdan yordam berish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Maktablarda erishilgan natijalarni ilgʻor tajriba sifatida ommalashtirish, fanlar boʻyicha tajribali mutaxassislar qatoridan belgilangan trenerlar salohiyati va malakasini oshirish, maktablarni uslubiy qoʻllab-quvvatlash masalalari alohida taʼkidlab oʻtildi va masʼullariga tegishli tavsiyalar hamda vazifalar belgilab berildi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi 30-may kuni nodavlat oliy taʼlim muassasalardan biri boʻlgan Fargʻona shahridagi Koreya Xalqaro universitetining yangi binosi va undagi oʻquv xonalarining jihozlanganligini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, tashrif davomida Taʼlim inspeksiya boshligʻi Namangan Muhandislik-texnologiya instituti tomonidan karantin vaqtida talabalar uchun olib borayotgan masofaviy taʼlim faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning maxsus tashkil etilgan platformadan foydalanish holati, platformada talabalarni baholanishi hamda bitiruvchi talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.