× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Koronavirus pandemiyasi davrida NTTlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi
24.07.2020

Taʼlimning yuqori sifatini taʼminlashda davlat va nodavlat taʼlim muassasalari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish muhim oʻrin tutadi. Soʻngi ikki yilda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish sohasidagi yuridik shaxslar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar yaratilgani hamda litsenziya olish jarayonining soddalashtirilgani sababli yurtimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlari soni qariyb 6 barobarga oshdi. (2018-yilning 1-yanvarida yurtimizda 500 ta nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyati koʻrsatgan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 2893 tani tashkil etmoqda.)

Biroq pandemiya sharoiti nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatiga ham jiddiy ziyon yetkazdi. Shu sababli ham ogʻir vaziyatda qolgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Taʼlim inspeksiyasi tomonidan Hukumatga taklif kiritilgan edi.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan Xalq taʼlimi, Maktabgacha taʼlim hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda nodavlat taʼlim tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyihaga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan, oʻrnatilgan tartibda litsenziyaga ega boʻlgan nodavlat taʼlim tashkilotlariga 2021-yil 1-yanvariga qadar:

2020-yil 15-iyul holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorliklarni undirish muddatlari uzaytirish;

ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, tijorat banklariga nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan olingan kreditlarning asosiy qarzi va kredit foizi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish hamda muddati oʻtib ketgan kreditlariga garov taʼminoti boʻyicha jarima sanksiyalari va undiruv choralari koʻrilishini toʻxtatish tavsiya qilinmoqda.

Moliya vazirligiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotlari (oliy taʼlim muassasalari bundan mustasno) xodimlariga 2020-yilning 1-iyuldan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingunga qadar oylik maoshlar toʻlash maqsadida bir martalik begʻaraz subsidiya ajratish hamda mablagʻlarning manzilli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish vazifasi yuklatilmoqda.

Bunda:

a) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:

direktor lavozimi uchun tarbiyalanuvchilar soni boʻyicha I guruhga tegishli davlat MTT direktorining bazaviy tarif stavkasi miqdori;

tarbiyachi lavozimi uchun davlat MTTining oliy maʼlumotli tarbiyachisining bazaviy tarif stavkasi miqdori;

tarbiyachi yordamchisi lavozimi uchun davlat MTTning oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar pedagogik maʼlumotli tarbiyachi yordamchisining bazaviy tarif stavkasi miqdori;

b) nodavlat umumtaʼlim muassasalarida:

rahbar lavozimlari uchun oʻquvchilar soni boʻyicha I guruhga tegishli davlat umumtaʼlim muassasasining tegishli lavozimlari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdori;

oʻqituvchi lavozimlari uchun davlat umumtaʼlim muassasasining birinchi malaka toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdori;

v) nodavlat maktabgacha taʼlim hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshqa xodimlari lavozimlari uchun oʻrnatilgan tartibda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini qoʻllash taklif etilmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi va Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda umumtaʼlim sohasida masofaviy (onlayn) taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatilmoqda.

Muhokamada ishtirok etish:

https://regulation.gov.uz/ru/document/20187