× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Andijonda yangi oliy taʼlim muassasasi tashkil etildi
27.08.2020

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 516-son qarori bilan Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etildi. Mazkur oliy taʼlim muassasasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

hududning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan xolda iqtisodiyot va qurilish sohasi boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;

oʻquv jarayonida nazariy tayyorgarlikning amaliyot bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida iqtisodiyot va qurilish sohasidagi tashkilotlar bilan birgalikda talabalar amaliyotini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish, bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli hamkorlikni yoʻlga kuyish;

amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini roʻyobga chiqarish uchun zamonaviy oʻquv va ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash xamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

iqtisodiyot va qurilish sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, xorijiy ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba- yoshlarning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishini taʼminlash;

yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoyilik gʻoyalariga sadoqat ruhida, maʼnaviy boy, xar tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarash va fikrlash xususiyatlariga ega boʻlgan shaxs etib tarbiyalash;

xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislarini keng jalb etish orqali respublika uchun istiqbolli boʻlgan yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish.

Belgilanishicha:

Institut Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi;

Institutda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;

2020/2021 oʻquv yili uchun Institutga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qabul koʻrsatkichlari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi qaroriga muvofiq tasdiqlanadi;

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Andijon viloyati hokimligiga Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilarni xizmat uylari bilan taʼminlash vazifasi yuklatildi.

Andijon viloyati, Andijon shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 15a -uyda joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi texnikum (sobiq Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kolleji) bino va inshootlari (mavjud jihoz va mebellari bilan) tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida berilmoqda.