× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Ona tili fani oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtdi
12.09.2020

photo_2020-09-12_20-04-56.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining binosida Toshkent viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oliy va birinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifalariga talabgor pedagoglar uchun oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Xususan, bugun 12-sentyabr kuni inspeksiya binosida Toshkent viloyatidagi maktablarning ona tili fani oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtdi. Mazkur sinovlarda qatnashish uchun 378 nafar oʻqituvchi ariza topshirgan boʻlib, shundan 347 nafari ishtirok etdi.

Qayd etish lozim, 14-sentyabr kuni matematika fani oʻqituvchilari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi. Pandemiya sabab toʻxtatib qoʻyilgan malaka (test) sinovlari 21-sentyabrga qadar davom etadi.