× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Otaliqqa olingan maktablarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda
12.09.2020

photo_2020-09-12_16-52-30.jpg

Maʼlumki, Hukumat topshirigʻiga koʻra barcha vazirlik va idoralar Toshkent shahridagi qator umumtaʼlim maktablarini otaliqqa olishgan. Xususan, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ham Sergeli tumanidagi 55- va 104- umumtaʼlim maktablarini otaliqqa olgan.

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Taʼlim inspeksiyasi xodimlari yangi oʻquv yili oldidan amaliy yordam koʻrsatish uchun ushbu taʼlim muassasalariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida pedagog-xodimlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, maktab faoliyatini tashkil etish boʻyicha fikr-mulohaza va takliflar tinglandi. Oʻtgan davr mobaynida 55-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning informatika fani boʻyicha oʻtiladigan darslarda foydalanishlari uchun Smart sinf tashkil etilgan edi.

Inspeksiya masʼul xodimlari bu kabi zamonaviy jihozlangan sinflar sonini oshirish lozimligini taʼkidlab, oʻquvchilari va pedagog-xodimlarga PISA, PIRLS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tavsiyalar berishdi. Uchrashuv yakunida koronavirus pandemiyasi sharoitida oʻquvchilar hamda pedagoglarning salomatligini asrash, taʼlim jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishiga koʻmaklashishi maqsadida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan zarur vositalar begʻaraz topshirildi.