× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Zarafshon va Xatirchidagi maktablarning yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi
14.09.2020

photo_2020-09-12_16-52-30.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari boshligidagi respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatidagi taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati hamda qabul jarayonlarini oʻrganish ishlarini amalga oshirayotgani haqida xabar bergan edik.

11-12-sentyabr kunlari ishchi guruh aʼzolari Zarafshon shahri va Xatirchi tumanida boʻlishdi. Xususan, ishchi guruh tomonidan Zarafshon shahridagi 2-,8-,9-,11-maktablar hamda tibbiyot kollejining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi.

photo_2020-09-12_20-04-56.jpg

Oʻrganishlar davomida maktablardagi sinf va laboratoriya xonalarida qator kamchiliklar borligi aniqlandi. Mazkur masalalar masʼullar ishtirokida muhokama qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Xatirchi tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Xususan, tumandagi 4-,6-, 8-, 24-, 38-, 88-maktablarga yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan sinf xonalarning tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, maktablarga antiseptik vositalar, dozatorlar va niqoblarning yetib borganligi ham oʻrganildi.

5.jpg

Oʻrganishlar mobaynida tumandagi 6-,38-maktablarda qurilish-taʼmirlash ishlari hamon yakunlanmagani maʼlum boʻldi. Mazkur masala yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.