× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Matematika fani oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari tashkil etildi
14.09.2020

1.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining binosida Toshkent viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oliy va birinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifalariga talabgor pedagoglar uchun oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

3J0A9452.JPG

Xususan, bugun 14-sentyabr kuni inspeksiya binosida Toshkent viloyatidagi maktablarning matematika fani oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtdi. Mazkur sinovlarda qatnashish uchun 260 nafar oʻqituvchi ariza topshirgan boʻlib, shundan 235 nafari ishtirok etdi.

Biz jarayon haqidagi fikrlarni bilish uchun sinovlarda qatnashgan ustozlar bilan ham so‘zlashdik.

– Bugun birinchi toifa uchun navbatdan tashqari malaka (test) sinovlarida qatnashdim. Avvalgilarga qaraganda, joriy yilgi sinovlarda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan unumli foydalanilayotgani meni xursand qildi. Xususan, yaqin yillarga qadar biz bu kabi test sinovlarini qog‘ozda topshirar edik. Tabiiyki, bunda shaffoflik darajasi u qadar yuqori bo‘lmagani kabi, javoblarni ham bir necha kun kutishimizga to‘g‘ri kelardi.

Test savollariga to‘xtaladigan bo‘lsam, bunda ham hech qanday qiyinchilikka duch kelmadim. Agar pedagogning o‘zi dars berayotgan fan bo‘yicha fundamental bilimlari yetarli bo‘lsa, test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tishi ehtimoli judayam yuqori. Ya’ni, mazkur vaziyatda pedagogdan shunchaki o‘z ustida ko‘proq ishlash talab etiladi, – dedi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Shuhrat Matkarimov.

Qayd etish lozim, ertaga 15-sentyabr kuni rus tili fani oʻqituvchilari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.