× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga moʻljallangan Axborotnomaning 1-soni chop etildi
16.09.2020

photo_2020-09-15_15-49-16.jpg

Prezidentimiz tomonidan yurtimizda oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga sifatli tayyorgarlik koʻrish boʻyicha bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishi koʻzda tutilgan.

Ushbu maqsadlarga erishishda oʻqituvchilar va oʻquvchilarning xalqaro baholash dasturlari va ular doirasida oʻquvchilarga beriladigan topshiriq turlari hamda mazkur topshiriqlarning namunalari haqida keng maʼlumotga ega boʻlishi muhim hisoblanadi.

Taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshish va belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan oʻquvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga moʻljallangan Axborotnomaning 1-soni chop etildi.

Axborotnoma matematik savodxonlik, tabiiy fanlar savodxonligi, oʻqish savodxonligi va kreativ fikrlash kabi 4 ta qismdan iborat.

Mazkur Axborotnoma PISA dasturi boʻyicha oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini hamda kreativ fikrlash darajasini baholash yoʻnalishiga oid maʼlumotlar va topshiriqlar asosida tayyorlangan boʻlib, unda 2000–2015-yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda foydalanilgan topshiriqlardan namunalar, ularni yechish boʻyicha tavsiyalar hamda baholash mezonlari keltirilgan.

​Ushbu Axborotnoma umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining aniq, tabiiy va filologiya fanlari oʻqituvchilari, 7-11-sinf, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari hamda soha mutaxassislariga moʻljallangan.

Axborotnoma tegishli taʼlim vazirliklari, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari va xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tayanch maktab jamoalariga Milliy markaz tomonidan bepul yetkazib beriladi.