× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov tashkil etildi
14.10.2020

no-translate-detected_1262-2119.jpg

Joriy yilning 10-aprel kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbek tili kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonunni imzolanishini barchamiz katta xursandchilik bilan kutib olgan edik. Mana bugun ushbu qonun boʻyicha belgilangan oʻziga xos tarixiy sana 21-oktyabr Oʻzbek tili bayramiga ham bir necha kun qoldi.  

Mazkur bayramni munosib nishonlash, Prezidentimiz qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizda oʻtkazilayotgan islohotlar jarayonida davlat tili nufuzini yana-da oshirishga qaratilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari oʻrtasida davlat tilida ish yuritish boʻyicha onlayn tanlov oʻtkazilmoqda.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar hakamlar hayʼati tomonidan berilgan mavzular doirasida esse yozish orqali oʻzlarining ijodiy salohiyatlarini namoyish qilishdi. Ikkinchi bosqichda esa 25 ta savoldan iborat test sinovlarida qatnashib, oʻzbek tili boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Onlayn tanlovda ishtirok etgan Taʼlim inspeksiyasi xodimlari, hududiy boʻlim va oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimlari oʻzlarini xuddi talabalardek his etishdi, hayajon bilan test topshirishdi, tanlagan mavzularida esse yozish orqali oʻzlarining gʻoya va takliflarini isbotlashga urinishdi. Har bir ishtirokchi davlat tilida ish yuritish koʻnimkalarini, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga rioya qilinishi boʻyicha  oʻz  bilimlarini yana bir bor mustahkamlab olish imkoniga ega boʻlishdi.

Qayd etish lozim, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi tizimidagi xodimlari tomonidan 50 ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushdi. Mazkur ishlarni xolis baholash uchun alohida ekspertlar jamoasi tashkil etildi.

Ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur tanlov Taʼlim inspeksiyasi tizimidagi xodimlar hamda mutasaddilar tomonidan oʻzgacha qiziqish bilan kutib olindi. Tanlov natijalari haqida tez kunlarda maʼlumot beriladi.