× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekistonda Erasmus+ haftaligi oʻtkazilmoqda
14.10.2020

latest table_Erasmus+ week_Uzbekistan_2020.jpg

Joriy yilning 12–17-oktyabr kunlari Yevropa ittifoqining taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, yoshlar bilan ishlash va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va harakatchanlikni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan Erasmus + haftaligi oʻtkazilmoqda.

Bu yil toʻrtinchi marta tashkil etiladigan haftalik oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻygan:

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va qiziquvchi tomonlar uchun Erasmus+ loyiha guruhlarining doimiy hamkorligi va tajribasi haqida maʼlumotlar bilan almashish;

Yevropadagi hamkor-universitetlarida qisqa muddatli taʼlim olish imkoniyatlari, Erasmus Mundus qoʻshma magistrlik dasturlari stipendiyalar, Yevropa universitetlarida professor-oʻqituvchilar uchun oʻqitish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bitiruvchilarining noyob xalqaro tajribalari bilan tanishtirishTalabnomalarni topshirish boʻyicha amaliy maslahatlar berish va maʼlumotlarni qidirish va grantni olish uchun hujjatlarni tayyorlash boʻyicha maslahatlar berish.

Qayd etish lozim, haftalik bilan bir qatorda butun dunyo boʻylab 15–17 oktyabr kunlari oʻtkaziladigan Erasmus kunlarining (ErasmusDays) oldidan tashkil qilinmoqda. Ushbu kunlar davomida dasturning harakatchanlik afzalliklari va Erasmus+ loyihalari natijalari toʻgʻrisida turli xil axborot tadbirlarini oʻtkazishga qaratilgan. Mazkur dastur orqali dastur orqali ishtirokchilar oʻz loyihalarini namoyish etish, tajribalari bilan oʻrtoqlashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Loyihada qatnashish uchun havolada keltirilgan maʼlumotlar bilan tanishingiz hamda oʻzingizni qiziqtirgan tadbirni tanlashingiz lozim boʻladi.

Maʼlumot uchun, mazkur tadbirlar Oʻzbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi, Oʻzbekistondagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning Oʻzbekistondagi elchixonalari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim boʻyicha ekspertlar milliy guruhi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Urganch davlat universiteti, Samarqand veterinariya tibbiyot instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.