× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

“Oʻzbekiston oliy taʼlim kelajagi – COVID-19 pandemiya darslari” mavzusidagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi
16.10.2020

Screenshot_1.png

Joriy yilning 16-oktyabr kuni “Oʻzbekiston oliy taʼlim kelajagi – COVID-19 pandemiya darslari” mavzusidagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Erasmus+ loyihasining Oʻzbekistondagi Milliy vakolatxonasi vakillari, oliy taʼlim muassasalari masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Taʼlim toʻgʻrisi”dagi yangi Qonunini koʻrib chiqish, COVID-19 pandemiyasi davrida Yevropa Ittifoqining oliy taʼlim tizimidagi tajribalari bilan tanishish hamda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida Erasmus+ loyihalarining holatini oʻrganish kabi masalalar muhokama qilindi.

Screenshot_4.png

Tadbirni kirishi soʻzi bilan ochgan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi tadbir uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirar ekan, dastlab yangi tahrirda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning oʻziga xos jihatlariga toʻxtalib oʻtdi. Jumladan:

– Biz rivojlangan mamlakatlarda taʼlim tizimining barcha muhim yoʻnalishlarini, shu jumladan kredit-modul tizimini samarali joriy etish, taʼlim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, inklyuziv taʼlim, masofaviy oʻqitish, universitet mustaqilligi, xususiy taʼlim sohasini rivojlantirish va boshqa koʻplab omillarni qamrab olishga harakat qildik.

Bu orqali masofaviy taʼlim usullari va texnologiyalarini joriy qilish uchun Oʻzbekistonda katta imkoniyatlar ochildi. Mavjud vaziyatda, yuzaga kelgan muammolarga qaramay, Oʻzbekiston masofaviy oʻqitishga oʻtishga tayyorlanmoqda.

Taʼlim inspeksiyasi 2020-2021 oʻquv yili uchun masofaviy (onlayn) oʻqitish boʻyicha ishlarning holatini oʻrganish maqsadida 89 ta universitetda monitoring oʻtkazdi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, avgust oyida universitetlarning masofaviy oʻqitish platformalariga kiritilgan oʻquv materiallari va maʼlumotlarning ulushi 28 foizni, 9-sentyabr kuni takroriy monitoring natijalariga koʻra esa 79,4 foizni tashkil etdi.

Bugun oldimizda hal qilishimiz kerak boʻlgan muhim vazifalar turibdi, mamlakat Prezidenti 2030-yilgacha oliy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqladi, buning uchun biz kooperatsiya hamkorlik koʻlamini kengaytirishimiz va belgilangan maqsadlarga erishishga jasorat bilan borishimiz kerak. Erasmus+ Milliy vakolatxonasi bizni maqsadlarimizga erishishda katta yordam koʻrsatayotganidan juda mamnunman, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi.

Qayd etish lozim, mazkur tadbir joriy yilning 12–17-oktyabr kunlari Yevropa ittifoqining taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, yoshlar bilan ishlash va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va akademik almashuv qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan Erasmus+ haftaligi doirasida oʻtkazilmoqda.

Screenshot_2.png

Bu yil toʻrtinchi marta tashkil etiladigan haftalik oʻz oldiga quyidagi vazifalarni qoʻygan:

Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari va qiziquvchi tomonlar uchun Erasmus+ loyiha guruhlarining doimiy hamkorligi va tajribasi haqida maʼlumotlar bilan almashish;

Yevropadagi hamkor-universitetlarida qisqa muddatli taʼlim olish imkoniyatlari, Erasmus Mundus qoʻshma magistrlik dasturlari stipendiyalar, Yevropa universitetlarida professor-oʻqituvchilar uchun oʻqitish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bitiruvchilarining noyob xalqaro tajribalari bilan tanishtirish;

Talabnomalarni topshirish boʻyicha amaliy maslahatlar berish va maʼlumotlarni qidirish va grant olish uchun hujjatlarni tayyorlash boʻyicha maslahatlar berish.

latest table_Erasmus+ week_Uzbekistan_2020.jpg