× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

UNICEF jamg'armasi bilan hamkorlikning bugungi kundagi holati va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi
13.11.2020

image_2020-11-13_10-43-00.png

Bugun 13-noyabr kuni Taʼlim inspeksiyasi hamda BMT Bolalar jamgʻarmasi – UNICEF vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilish masalalariga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade, tashkilotning taʼlim shoʻbasi rahbari Dipa Shankar va Ta'lim inspesiyasining tegishli boshqarma va bo'lim boshliqlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning bugungi kundagi holati, yoʻnalishlari, samaradorligi hamda kelajakda yoʻlga qoʻyiladigan yangi strategik loyihalar yuzasidan oʻzaro fikr almashishdi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev uchrashuvni ochib berar ekan, Munir Mammedzadeni BMT Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari etib tayinlangani bilan tabrikladi. Shuningdek, Oʻzbekistonda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarda UNICEF bilan hamkorlik aloqalarini alohida eʼtirof etdi.

 – Oʻtgan yillar davomida biz oʻzaro hamkorlikda koʻplab yorqin natijalarga erishdik. Xususan, yaqinda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqishda UNICEFning koʻmagini alohida taʼkidlamoqchi edim. Bu jarayonda xorijiy ekspertlarning tajribasi biz uchun juda foydali boʻldi.

Shuningdek, hamkorligimizning yana bir strategik muhim jihati, taʼlim muassasalarini baholash tizimining ishlab chiqilganligidir. Taʼlim inspeksiyasi tomonidan birinchilardan boʻlib, taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini baholashning standartlari, indikatorlari va vositalarini ishlab chiqildi. Bugungi kunda joylarda taʼlim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini sohaga joriy etish ishlari amalga oshirib borilmoqda. Shu orqali yangi tizimning samarali ishlashiga erishishimiz mumkin, – dedi Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi oʻz nutqida.

Oʻz oʻrnida UNICEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Taʼlim inspeksiyasi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalaridan mamnun ekanligini taʼkidlar ekan, bu kabi aloqalarni kelajakda yana davom ettirish niyatidaligini maʼlum qildi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda mamlakat Prezidenti tomonidan taʼlim sifatiga qaratilayotgan eʼtibor hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Shuningdek, muhokamalar davomida Taʼlim inspeksiyasi tomonidan tegishli vazirliklar bilan Finlyandiya taʼlim tizimi tajribasini oʻrganilayotgani, 2021-2022-yillarda integratsiya jarayoni boshlanishi yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda UNICEFning koʻmagida amalga oshiriladigan loyihalar va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.