× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Finlyandiya Taʼlim sifatini baholash markazi direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi
18.11.2020

photo_2020-11-18_16-19-21.jpg

Bugun Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari Finlyandiya Baholash markazi direktori bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi. Unda Taʼlim inspeksiyasi rahbari Ulugbek Tashkenbayev, Xelsinki universiteti Pedagogika fanlari fakulteti professori, Taʼlim sifatini baholash markazi direktori Risto Xotulaynen va Taʼlim inspeksiyasining tegishli boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

Taʼlim inspeksiyasi rahbari Ulugʻbek Tashkenbayev uchrashuvni ochib berar ekan, hozirda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, taʼlim sifatini baholash tizimi, Finlyandiya taʼlim tizimi tajribasini oʻrganish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida toʻxtalib oʻtdi.

3J0A0059.jpg

Risto Xotulaynen uzoq yillardan beri Xelsinki universiteti Pedagogika fanlari fakultetida professor, Taʼlim sifatini baholash markazida direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Bundan tashqari, Finlyandiya Milliy oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ekspert sifatida qatnashgan, hozirda oʻquv qoʻllanma sifatida qoʻllanilayotgan “Finlyandiya taʼlim arxitekturasi” kitobi muallifi va Xelsinki universiteti nomidan PISA xalqaro baholash dasturi milliy boshqaruvchisi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida professor Risto Xotulaynen Finlyandiya taʼlim tizimi, milliy baholash tizimi, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok haqida toʻxtalib oʻtdi. Professor Risto Xotulaynenning taʼkidlashicha, Finlyandiyada PISA xalqaro baholash dasturidan avval, Milliy baholash amalga oshiriladi va olingan natijalarga koʻra Finlyandiya PISA dasturida qanday koʻrsatkich koʻrsatishi taxmin qilinadi.

Uchrashuv davomida Taʼlim inspeksiyasi rahbari Ulugbek Tashkenbayev taʼlim sifatini baholash tizimida tajribali ekspertlarning koʻmagi muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek uchrashuvda Milliy baxolash tizimini yaratish va takomillashtirish, unda asosiy yoʻnalishlar sifatida avvalo xozirgi xolatni aniqlash uchun baxolash imtixonlari oʻtkazish, taʼlim tizimidagi asosiy boʻshliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish borasida asosli takliflarni shakllantirish, bunda oʻquv dasturlarini moslashtirish, pedagog kadrlar uchun metodik koʻrsatmalar yaratish, ayniqsa pedagogoik kadrlar tayyorlash yoʻnalishidagi OTMlar faoliyatini tubdan yaxshilash kabi tizimli ishlar rejalashtirilmoqda.