× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻzbekiston Milliy universitetini attestatsiyadan oʻtkazishga xorijiy ekspertlar ham jalb etildi
19.11.2020

1.jpg

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan joriy yilning 16-noyabridan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti faoliyatini tashqi baholash jarayoni boshlandi.

Ushbu jarayonga universitet taʼlim yoʻnalishlari mutaxassisliklari xususiyatlaridan kelib chiqib, respublikamiz OTMlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan tajribali va ilmiy salohiyatga ega mahalliy ekspertlar bilan bir qatorda taʼlim sifatidan manfaatdor boʻlgan ish beruvchilar va talabalar ham jalb etildi.

Shu bilan birga, tajribada birinchi marotaba xalqaro ekspertlar – Avstriya taʼlim sifatini taʼminlash va akkreditatsiya agentligi direktori Axim Xopbax hamda Vilnyus texnika universitetida akademik ishlar boʻyicha departament direktori Nora Skaburskiyene jalb etildi.

хорижий.jpg

Ular bilan mahalliy ekspertlarimiz oʻrtasida tashqi baholash jarayonining borish holati boʻyicha har ish kuni yakunida onlayn muloqotlar tashkil etilib, xalqaro tajribani inobatga olgan holda oʻzaro fikr almashinuvlar tashkil etilmoqda. Bunga oʻz navbatida, akkreditatsiya natijalarining xalqaro darajada tan olinishi va universitetni xalqaro taʼlim hamjamiyatiga jadal integratsiyalanishi uchun amaliy harakatlardan biri sifatida qarash mumkin.

хорижий1.jpg

Shuningdek, universitet faoliyatini oʻrganish jarayonida talabalar va professor – oʻqituvchilar oʻrtasida taʼlim sifatini taʼminlash hamda uni yanada yuqori darajaga koʻtarish borasida fikrlarini olish maqsadida  anonim shaklda onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish, ulardan intervyular olish ishlari rejalashtirilgan va bu faoliyat hozirda boshlangan.

Tashqi baholash jarayonida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi institut faoliyati ham oʻrganiladi va universitetda ilmiy salohiyatga ega boʻlgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning holatiga ham baho beriladi.

Ekspertlar komissiyasi faoliyati davom etmoqda.