× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim turlariaro uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi
26.11.2020

photo_2020-11-26_13-20-50.jpg

Joriy yilning 25-noyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Qoʻysinov va boshliq maslahatchisi Abdurahim Nosirovlar boshchiligida taʼlim turlariaro uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda umumtaʼlim maktablari, kollejlar, akademik litseylar va oliy taʼlim muassasalari darsliklaridagi mavzularni optimallashtirish hamda takroriyligini oldini olish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

photo_2020-11-26_13-21-25.jpg

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, Taʼlim inspeksiyasi hamda tegishli taʼlim vazirliklariga maktabgacha, umumiy oʻrta, professional, oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlan boʻyicha vazifalar belgilab berilgan. Bunda maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim fan dasturlari uzviyligini taʼminlash va taʼlim jarayoniga yangi oʻquv dasturlari va rejalarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Screenshot_2.png

Bugungi kunda mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari tomonidan 21 fan boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimi uchun konsepsiyalar loyihalari tayyorlanib, “Uzluksiz taʼlimda fanlar uzviyligi” muhokamalar portali(http://uzviylik.tdi.uz/)ga joylashtirildi. Bugungi kunga qadar mazkur portalga 2 000 ga yaqin takliflar kelib tushgan.Bundan tashqari, taʼlim turlariaro oʻxshash fanlar saralab olinib, mazkur fanlarning bir-birini takrorlovchi hamda oʻziga xos tomonlari qiyosiy oʻrganilmoqda.

Screenshot_1.png

Yigʻilish yakunida mazkur oʻrganishlar asosida uzviyligi taʼminlangan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha 300 nafar tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etishga kelishib olindi. Mazkur guruh oʻtkazilgan qiyosiy oʻrganish natijalariga koʻra, uzviyligini taʼminlash va taʼlim jarayoniga yangi oʻquv dasturlari va rejalarini joriy etish boʻyicha jarayonni yakuniy bosqichga olib chiqadi.

photo_2020-11-26_13-21-14.jpg

Bunda Finlyandiya tajribasi oʻrganilib, mahalliy sharoitga mos keluvchi jihatlari oʻquv rejalari hamda dasturlariga singdiriladi.