× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qoraqalpogʻistonda fan olimpiadasining hududiy bosqichi boshlandi
05.01.2021

1.png

Bugun, 5-yanvar kunidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumtaʼlim muassasalarining 9-11-sinf oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining I-II-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida umumtaʼlim fanlaridan Respublika fan olimpiadasining III (hududiy) bosqichiga start berildi.

Olimpiada 2021-yilning 5-10-yanvar kunlari Nukus shahridagi 46-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida toʻliq karantin qoidalariga rioya qilgan holda boʻlib oʻtmoqda.

Ushbu bosqichda 9-sinf oʻquvchilaridan 21 ta fan boʻyicha 512 nafar, 10-sinf oʻquvchilaridan 17 ta fan boʻyicha 516 nafar, 11-sinf oʻquvchilaridan 17 ta fan boʻyicha 571 nafar oʻquvchilar ishtirok etmoqda.

2.png

Mazkur jarayonni Taʼlim inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi mutasaddilari ham kuzatib borishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, fan olimpiadalarining Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga ixtisoslik fani boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Ularni tayyorlagan oʻqituvchilar esa bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan 30 barobarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.