× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oʻquvchilari gʻolib chiqqanda oʻqituvchi va maktab direktori ragʻbatlantiriladigan xalqaro olipmiadalar roʻyxati
05.01.2021

Prezident nusxasi.png

Hukumatning 831-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qarorga muvofiq, oʻquvchilari quyidagi olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarni qoʻlga kiritgan oʻqituvchilar va maktab direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun tegishlicha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi:

Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad;
Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad;
Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad;
Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad;
Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics.

Qayd etish lozim, Prezidentning 2019-yil 3-mayda imzolangan “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari va ularning oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan:

1-oʻrin (oltin medal) uchun — 500, oʻqituvchisiga — 450 baravari;
2-oʻrin (kumush medal) uchun — 300, oʻqituvchisiga — 250 baravari;
3-oʻrin (bronza medal) uchun — 200, oʻqituvchisiga — 150 baravari;

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 6-noyabr kuni imzolangan “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlarini tayyorlagan maktab oʻqituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining oʻqituvchilariga — bosh oʻqituvchi malaka toifasi berilishi belgilangan.