× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Oliy taʼlim muassasalarini ichki baholashdan oʻtkazish boʻyicha seminar trening tashkil etildi
07.01.2021

1..png

Shu yilning 6-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi tomonidan birinchi yarim yillikda tashqi baholashdan oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalarining masʼul xodimlari uchun onlayn seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida OTMlar faoliyatini ichki baholash jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tarzda sifatli tashkil etish, ichki baholash uchun masʼul xodimlarga xulosalarni tayyorlash boʻyicha uslubiy va amaliy yordam berish kabi masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, bu jarayonda maʼlumotlar bazasi bilan ishlash, ularni umumlashtirishda eʼtiborga olinishi lozim boʻlgan jihatlarni koʻrsatib berildi.

2.png

Qayd etish lozim, joriy yilda oliy taʼlim muassasalarini tashqi baholashdan oʻtkazishda “ONAKS-UNIVERSITY” elektron platformasi ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur tizim orqali akkreditatsiya jarayonida inson omilini maksimal darajada cheklash koʻzda tutilgan.

Munozaralarga boy tarzda oʻtgan seminar yakunida jarayonlarni sifatli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.