× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Taʼlim inspeksiyasi eng namunali davlat tashkilotlaridan biri sifatida eʼtirof etildi
08.01.2021

photo_2021-01-08_18-56-17.jpg

Bugun, 8-yanvar kuni Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi — 2020” taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Vazirliklar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari va jurnalistlar ishtirok etgan tadbirda jamoatchilik, jurnalist va blogerlar tomonidan yil davomida faol, deya eʼtirof etilgan vazirliklar, jamoat tashkilotlari hamda agentliklar taqdirlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ham ushbu tanlovda “Eng namunali davlat tashkiloti” nominatsiyasi boʻyicha faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi.

photo_2021-01-08_18-56-16.jpg

OʻzA maʼlumotlariga koʻra, tanlovning 1-bosqichida ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻtkazilgan soʻrovnomalarda “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar uchun daʼvogarlar saralangan.

photo_2021-01-08_18-56-18.jpg

Bundan tashqari, agentlik nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshilarni aniqlashda ijtimoiy tarmoqlar bilan cheklanib qolmasdan, eng koʻp ovoz olgan ishtirokchilar haqida jurnalist va blogerlarning fikrlariga ham eʼtibor qaratgan. Mazkur soʻrovnomalarda jami 2,5 milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.

Ilk kunlardan boshlab faoliyatini adolatli, ochiq va shaffof tashkil etishga astoydil bel bogʻlagan Taʼlim inspeksiyasi soha rivoji uchun befarq boʻlmagan jamoatchilik vakillari, jurnalist va blogerlar hamda tanlov tashkilotchisi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Jamoamiz kelgusida keng jamoatchiligimiz bilan yana-da yaqinroq muloqot oʻrnatib, yurtimiz uzluksiz taʼlim sifatini yaxshilash yoʻlida hamkorlikni davom ettiradi.