× Карта сайта
Sound
Звуковое сопровождение

На сайте присутствует звуковое сопровождение.

Чтобы прослушать текст необходимо выделите его мышкой

Maxsus imkoniyatlar Maxsus imkoniyatlar

Qashqadaryoda fan dasturlarida uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash boʻyicha seminar tashkil etildi
09.01.2021

photo_2021-01-09_10-00-34.jpg

Joriy yilning 8-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tashabbusi bilan Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Qashqadaryo viloyati hududiy markazida Davlat va huquq asoslari hamda Tasviriy sanʼat fanlarining uzluksizligini va uzviyligini taʼminlashga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Oʻquv seminarda “Maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini va uzviyligini taʼminlash” boʻyicha ishlab chiqilgan konsepsiya va taʼlim turlari boʻyicha oʻquv dasturlari yuzasidan almashildi.

photo_2021-01-09_10-02-37.jpg

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim tarbiya tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq, Taʼlim inspeksiyasi hamda tegishli taʼlim vazirliklariga maktabgacha, umumiy oʻrta, professional, oliy taʼlim oʻquv dasturlari va fanlarning uzluksizligini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab berilgan. Bunda maktabgacha, umumiy oʻrta, professional va oliy taʼlim fan dasturlari uzviyligini taʼminlash va taʼlim jarayoniga yangi oʻquv dasturlari va rejalarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari tomonidan 21 fan boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv dasturlari loyihalari tayyorlanib, “Uzluksiz taʼlimda fanlar uzviyligi” muhokamalar portaliga joylashtirildi. Bundan tashqari, taʼlim turlariaro oʻxshash fanlar saralab olinib, mazkur fanlarning bir-birini takrorlovchi hamda oʻziga xos tomonlari qiyosiy oʻrganilmoqda.